Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda homiladorlikni ko’rish – ayol yoki erkak homilador bo’lishi ta’biri

Tushda homiladorlikni ko’rish – ayol yoki erkak homilador bo’lishi ta’biri

Ayol kishi tushda homiladorligini ko’rsa, bu turmush o’rtog’i bilan baxtli bo’lmasligi ehtimolini anglatadi. Bokira qiz uchun bunday tush boshqalar oldida izza bo’lishi mumkinligidan ogohlantirishdir. Agar ayol chindan ham homilador bo’lsa, unda bunday tush uning farzandi muvaffaqqiyatli tarzda dunyoga kelishi va tug’ruqlardan so’ng tezda tiklanib olishini va’da qiladi. Umuman olganda, homiladorlik – hayotda qiziqarli burilishlar sodir bo’lishi mumkinligidan so’zlaydi.

Tushda homilador bo’lish: Svetkov bo’yicha

  • Qizlar uchun tushda homiladorlik aldov, ayollar uchun mag’rurlik, hursandchilik, erkak kishi uchun yangi rejalarga.
  • Tushda homilador ayolni ko’rish – muammolarga;
  • Qiz bola o’zini homilador bo’lib qolganini ko’rsa – quvnoq hayot;
  • Erkak kishi turmush o’rtog’i o’g’il bolaga homilador bo’lganini ko’rsa – yaqin orada daromad kelishi, qiz bo’lsa – kutilmagan baxtli voqea.
  • Ayol kishi tushida chaqaloqqa qarayotganini ko’rsa – u eng ishonadigan odami tomonidan aldanishi mumkinligi.
  • Homilador ayol chaqaloq ko’rsa – tug’ruq yengil va oson o’tishi, bola esa sog’lom bo’lishidan.

Tushda homiladorlik ko’rsa: Loff tush kitobiga ko’ra

Homiladorlik kishining tushlariga ikki asosiy yo’l bilan kiradi. Birinchisi, homiladorlik davrida kishi o’zi haqida tush ko’rishi, ikkinchisi – haqiqiy homiladorlik “turtki bo’luvchi hodisa” bo’lishi va uning o’ziga xos mazmuni mavjudligi.

Tushda har qanday inson homilador bo’lishi mumkin: bu imkoniyat jins yoki yosh chegaralari bilan cheklanmaydi. Umuman olganda, homiladorlik ijodkorlik, jinsiy yetuklik yoki boylikning ramzi bo’lib xizmat qiladi, ammo qo’shimcha talqinni talab qiladigan ko’plab vaziyatlar mavjud.

Agar tush ko’urvhi homilador bo’lishni orzu qiladigan va ayni paytda homilador bo’lishni rejalashtirmayotgan yosh ayol bo’lsa, bunday tush yaqin orada ayolning dunyoqarashi o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi.

Agar ayol jinsiy hayot kechirsa, lekin homilador bo’lish niyatida bo’lmasa, bunday tush menstrual siklning uyg’un davom etishi bo’lishi mumkin. Ko’pincha bunday tushdan so’ng shubhalar uyg’ona boshlaydi.

Erkak kishi tushda o’zini homilador ekanligini ko’rishi – hozirda u jinsiy muammolarga duch kelganligi yoki nasl qoldirish shubhali bo’lganida kuzatiladi. Bunday shubha hozirda erkak o’zining qobiliyatlaridan xohlaganidek darajada qoniqmasligi natijasida uyg’onadi. Tush esa o’ziga xos kompensatsiya bo’lib, shaxsning boshqa qirralari ham mavjudligiga ishora bo’ladi.

Freyd talqini: Homiladorlik

Chaqaloq – umid, kelajak ramzidir. Agar ayol kishi tushida homiladorligini ko’radigan bo’lsa, demak haqiqiy hayotda bu voqea o’zini uzoq kutdirmaydi. Erkak kishi uchun bunday tushlar uning farzandli bo’lish istagini aks ettiradi.

Tushda tug’ruq ko’rish

Tug’ilish – dunyodagi barcha madaniyatlarda ritual ahamiyatga ega bo’lgan muqaddas voqeadir. Tushda bunday voqelikka boshqa narsalar ham ishora qilishi mumkin. Eng ahamiyatlilari bu suv va ummondir. Masalan, o’zlarining yoki boshqa kimningdir homiladorligi haqida taxmin qiladigan ko’plab ayollar tushiga suv kiradi.

Ayurveda tush kitobida agar turmushga chiqmagan qiz bola tuqqanini ko’rsa, bu qiz atrofdagilar nazarida axloqsiz ko’rinishini anglatishi mumkin. Turmushga chiqqan homilador ayol chaqaloq ko’rsa, uchun bunday tush baxtiyor kunlarni va’da qiladi.

5
Загрузка...
Loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *