Yarating, o'rganing, bilib oling

Sharf o’rash usullari — urfda bo’lgan 15+ turlari, tanlash qoidalari, uslublar

Sharf o’rash usullari — urfda bo’lgan 15+ turlari, tanlash qoidalari, uslublar

To’g’ri tanlangan sharf obrazni to’ldirib, sovuq kunlarda terini tashqi ta’sirlardan himoyalaydi. Bugungi kunda ushbu aksessuarning ko’plab turlari mavjud bo’lib, o’rash usullarini bilish orqali takrorlanmas obraz yaratish mumkin.

Sharf o’rashning klassik usullari

Klassik uslubUslubning barqarorligini afzal ko’radigan xonimlar uchun klassik uslub ayni muddao bo’ladi. Bu holda sharfning asosiy vazifasi isitish hisoblanadi.Dastlab sharf bo’yin atrofida bir necha marta o’ralib, old tomonda tugib qo’yiladi. Shundan so’ng obrazning turiga qarab uni biroz bo’shroq qilish mumkin. Bunday usul Parijda ayniqsa keng tarqalgan hisoblanadi.

Yana bir usuli, sharni ikki qavat qilib taxlab, bir tomonida hosil bo’lgan bo’shliq orqali ikkinchi tomoning uchini o’tkazish. Qattiq sovuq tushganda bu usul bilan bo’yinni butulay o’rash ham mumkin. Bu holda aksessuar bo’yinga noproportsional ravishda qo’yilib, uzun tomoni bir necha marta o’raladi va yuqoridagi kabi tugib qo’yiladi.

Ikki qavatli usulIkki qavatli usul

Sovuq kunlar tugab, bahorning iliq kunlari kela boshlaganda yengil uslubga o’tish mumkin. Ipak va shifon matodan tayyorlangan sharflar klassik usulda o’ralganda tashqi ko’rinishni juda chiroyli qiladi.

Yengil uslubda o'ralgan sharf

Sharfni fransuzcha tugun uslubida o’rash uchun uni bo’yinni orqa tomonidan tashlab, bo’yin atrofida bir marta o’rang, keyin uchlarini old tomonda birlashtirib mahkam qilib tugib qo’ying.

Fransuzcha uslubFransuzcha uslub

Pionercha o’rash usuli eng osonlaridan biri sanaladi. Kvadrat shakldagi sharf uchburchak qilib taxlanadi va yelkaga tashlanadi. Uning uchlari old tomonda tugilib, chiroyli holatga keltiriladi.

Pionercha uslubda o'ralgan sharf

Vaqt tig’iz bo’lgan hollarda ekspress uslublar yordamga keladi. Ular klassikadan biroz yiroq bo’lsa-da, aksariyat obrazlar bilan mos keladi. Buning uchun sharf bir tomoni uzunroq qilib bo’yinga tashlanadi, uzun tomoni bo’yinni oldi tomonidan o’tkazib, yelkaga tashlab qo’yiladi.

Ekspress uslub

Sharf turlari va ularni o’rash uslublari

Arafatka uslubida sharf o'rash1. Sharqona arafatka — har qanday mavsumda urfda bo’ladigan aksessuar. Ayniqsa yoshlar orasida mashhur. Uni o’rash uchun sharf dastlab uchburchak qilib taxlanadi, so’ng bo’yinning old tomonidan olib borilib, uchlari bo’yin orqasidan aylantirib oldinga olib kelinadi va yengil qilib tashlab qo’yiladi. Sovuq kunlarda esa sharfni bo’yin atrofida ikki marta o’rab, uchlarini old tomonda tugib qo’yish ham mumkin.

2. Qishki shol — sovuq kunlarda asqotadigan sharf. Uni o’rashning turli xil usullari mavjud. Yelkalarga tashlab o’rash, bo’yin atrofida o’rab, old yoki yon tomonga tugib qo’yish bunga misol bo’lishi mumkin.

Qish fasli uchun shol o'rash uslubiRangli sholli obraz

3. Qish mavsumi trendi katta hajmli, to’qilgan snud. Snud — yopiq halqa shaklida to’qilgan sharfdir. Bunday aksessuarni uning noodatiy shakli tufayli taqish juda qulaydir. Sharni uning uzunligi va kengligiga qarab turli usullarda kiyish mumkin. Uzun turini ikki qatlab taqish palto va boshqa uzun kiyimlar bilan ajoyib uyg’unlik hosil qiladi. Xonada bo’lgan vaqtda esa uni yelkalar tomon yoyib, bo’yinga urg’u berish mumkin.

Halqasimon sharf

4. Palantin — tajribalar uchun nihoyatda mos keladigan sharf. Palantin bu ko’krak qafasini to’liq yopib turadigan aksessuar. Uni qishning qahraton kunlarida ham, bahorning iliq kunlarida ham kiyish mumkin. Palantin o’rashning eng keng tarqalgan uslubi — bo’yin atrofida yengil qilib o’rab, old tomonda uchlarini yashirgan holda tugib qo’yishdir.

Palantin o'rash uslubi

Boshqa usullar

1-usul usuli — tugunli halqa. Ushbu kombinatsiya uchun ortiqcha naqshlarsiz bir xil rangdagi ingichka uzun sharf mos keladi.

2-usul — bantik. Buning uchun zich to’qilgan ingichka sharf kerak bo’ladi. Sharfni bo’yin ortidan tashlab, old tomonda bant tuging, uning ustidan yana bitta bant tuging. Yakunida uning uchlarini yoyib qo’yish qoladi.

3-usul — xivchin. Uzun sharf uchlarida ikkita tugun bog’lang. Keyin, matoni o’z o’qi atrofida burab, bo’yinga o’rang. Uchlarini o’ralgan sharfni ostidan chiqarib, old tomonga tashlab qo’ying. Bu uslub kontrast rangli bluzka bilan juda ajoyib ko’rinadi.

4-usul — Kasablanka. Sharfni bo’yinning old tomonida qo’yib, uchlarini orqa tomonda kesishtirish, so’ng old tomonga olib kelib, tugib qo’yish talab etiladi.

Quyida yana bir qator urfda bo’lgan uslublar keltiriladi. Ular kundalik obrazni yanada yorqinroq qilishga hissa qo’shadi.

 

 

1
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.