Yozgi ko’ylaklar fasonlari (+75 FOTO) — rang, mato va uzunligi bo’yicha uslublar
Tez orada yoz fasli ham kirib keladi va shu kunlarda har bir ayol kishini qiziqtiradigan savol «garderobimni bu mavsumda qanday yangi ko’ylaklar bilan to’ldirsam ekan?» kabi bo’lsa ajabmas. Ushbu maqolada siz shu savolga javob topish bilan birgalikda, shu yil yoz mavsumida ko’ylaklarning qanday fasonlari, ranglari, qay materiallar urfda bo’lishi haqida bilib olasiz.
Maqolada:
Qomat turiga ko’ra fason tanlash
Har bir qomat uchun mos bo’lgan ko’ylaklar tanlash — ishning asosi. Libos o’z vazifasini bajarishi — kamchiliklarni yashirishi va nafosatga urg’u berishi zarur. Quyidagi rasmlarda buning namunasi keltiriladi.
- Oval — bunday qomat sohibalariga ampir, baskali uslub, bo’y o’rtachadan uzunroq bo’lganda esa hajmli ko’ylaklar ham mos keladi.
- Noksimon — nisbatan kichik nomutanosiblikda futlyar-uslub, yuqori qismida oborkalari bo’lgan, trapetsiya, maksining yengil tushib turuvchi fasonli ko’ylaklar mos keladi.
- To’rtburchak — baska va qo’shimcha elementlari bor ko’ylaklar mos keladi, yunoncha uslubdagi liboslar esa belni ingichka qilib ko’rsatishga yordamlashadi.
- Teskari to’rtburchak — yelkalarni tenglashtirsh maqsadida «quyosh» uslubli yubka yoki ballon mos keladi. Baska fasonlari ham yaxshi uyg’unlik hosil qiladi.
Uzunligini tanlash qoidalari
Ko’ylakning nafaqat tikilish fasoni, balki uzunligi ham ahamiyatga ega. U qizlar/ayollarning yoshi, bo’yi, qaysi uslubni xush ko’rishi kabi omillardan kelib chiqib tanaladi.
Mini (kalta) ko’ylaklar
Deyarli hamma tipdagi figuralarga, asosan bo’yi uzun qizlar uchun juda ham ma’qul variant.
Midi (o’rtacha uzunlikdagi) ko’ylaklar
Bo’yi uzun bo’lmagan va nostandart figurali qizlar uchun judayam mos va ular ko’pincha baland poshnalar bilan kiyiladi.
Maksi (uzun) ko’ylaklar
Yengil matolardan tikiladi va «havodor» obraz yaratishga yordam beradi, lekin hamma uchun ham mos kelavermaydi.
Yozgi ko’ylaklar: urfdagi rang va matolar
2020-yil yoziga mo’ljallangan kollektsiyalarni yaratishda dizaynerlar o’zlarining tasavvurlariga erkinlik berishdi, shuning uchun ushbu mavsum palitrasi haqiqatan ham ajoyibligi shubhasiz. Ko’p yillar davomida mashhurligini yo’qotmagan ikkala yorqin neon va klassik pastel ranglar modada bo’lishi kutilmoqda. Quyidagi ranglar esa eng zamonaviylari hisoblanadi:
Yorqin ko’k (donador uslubda)
Qizil (bir tekis rangli uslubda)
Shaftoli rang va gulli uslublar
Ushbu yilning asosi bo’lib noziklikni va romantikani ko’rsatib berish olingani uchun bu mavsumda ko’proq noziklikni aks ettiruvchi yengil pastel ranglari ( imon rangli, yorqin sariq, tilla va kumush ranglar, qaymoq rang moda) hamda yengil matolar urfda bo’lishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, deyarli hamma qizlar garderobida topiladigan va modadan xech qachon chiqmaydigan ranglar mavjud: qora, to’q ko’k, bordo, quyuq yashil va boshqalar. Ushbu ranglar universalligi bilan birga har qanday figuraga mos kelganligi bilan ko’pchili orasida mashhur. Bunday yozgi fasonlar nafaqat siluetni ingichka qilib yaratishga qodir, balki bazm yoki kundalik qiyofaga ham mos keladi.
Materiallar bo’yicha tanlash
Bu mavsumning eng muhim qismini yengil va nozik matolar egallaydi, bu esa obrazni yanada chiroyli va betakror qilib ko’rsatadi. Quyidagi materiallardan tayyorlangan liboslar eng urfdagilar hisoblanadi:
Yupqa paxta
Shtapel
Ipak
Trikotaj matolar
Zig’ir tolali
Urfda bo’ladigan boshqa mato turlari:
- Izgara;
- Dantel;
- Shifon;
- Shaffof tul;
- Organza
Naqsh va printlarga keladigan bo’lsak, bu mavsumda tasavvur cheksizligi ta’minlangani uchun, siz har xil naqshli narsalarni, shuningdek, gulli ust kiyim (top) bilan yozuvli yubka yoki shim kiyish mumkin, ya’ni turli naqshli narsalarni bemalol, o’ylanmasdan sotib olish mumkin.
Yorqinlik bu mavsumda ko’ylak fasonining eng muhim qismlaridan biri bo’lganligi uchun, turli xil kashta va bisserli ko’ylaklar ham urfda bo’lishi kutilmoqda.
Yozgi ko’ylaklar uchun TOP-10 fason
Trapetsiya
A-siluet
Bando
Pijama-uslub
Ampir
Xalat-uslub
Yoqali ko’ylak
Tunika ko’ylaklar
Yengsiz ko’ylaklar
Asosiy tendensiyalar
Ushbu mavsumda ayollar har qanday uzunlikdagi ko’ylaklarni kiyishlari mumkin: mini, midi, maxi, eng muhimi, qanday uzunlik tanlanishidan qat’iy nazar bu fason figuraga mos kelishi kerak.
2020-yil yoz mavsumiga atalgan moda yangiliklari shulardan iborat edi, umid qilamizki, o’zingizga foydali ma’lumot oldingiz va garderobingizga nima kerakligi haqida savollar qolmadi.
Narmalnisi yo’mi oddiy hammasi