? Olmali pirog tayyorlash retsepti — sharlotka, klassik variantlari, sirlari
Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng…

Norin bu somoncha qilib kesilgan go’sht va maxsus xamir, piyoz, murch aralashmasi va xushbo’y bulyon bilan tortiladigan juda mazali taomdir. Uni tayyorlash uchun an’anaviy tarzda qo’y yoki ot go’shtidan tayyorlangan bulyon va ishlatilishi shart bo’lgan masalliq — qazidan foydalaniladi. Xo’sh, norin qanday tayyorlanadi?
Norin xamiri tayyorlash uchun:
Tayyorgarlik vaqti: 4 soat | Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa | Portisyalar soni: 7-8
Suyaklarni idishga soling va ustidan 3-4 litr sovuq suv quying. Qaynashgacha olib boring, so’ng olovni minimal darajagacha pasaytiring va kuchli bulyon olish uchun 3-4 soat davomida qaynating. Bulyonga tuz va murchni eng oxirida qo’shing, so’ng uni suzib oling. Go’shtni suyaklardan ajratib oling.
Norin xamiri uchun idishga unni elab soling, 200 ml sovuq ichimlik suvida tuzni eriting. Suvga bitta tuxum chaqib solib, bir xil bo’lgunga qadar aralashtiring. Aralashmani un solingan idishga quying va xamir qoring. Xamirni zuvala qiling, ustini yopib, 1-2 soat tindirishga qo’ying.
Xamirni yupqa qilib yoying va 4-5 sm enlikdagi kesmalarga kesing.
Oldindan tayyorlangan bulyonni xamirni qaynatib pishirish uchun idishga soling. Qaynaguncha olib boring, tuzlang. Xamirli kesmalarni bulyonda 3-4 daqiqa qaynating, so’ng bulyondan chiqarib oling, biroz o’simlik moyi qo’shib, aralashtiring.
Pishgan xamirning 4-5 tasini ustma-ust qo’ib, ingichka somoncha qilib kesing. Bulyonga ketgan go’shtni ham shunday somoncha qilib to’g’rang. Qazi ham shu tarzda to’g’raladi, biroq 3-4 ta doiracha qazini bezatish uchun olib qo’ying.
Go’sht va kolbasali somonchalarning bir qismini xamirli somonchalar va murch bilan aralashtiring. To’g’ralgan qazining bir qismini tayyor norinni bezatish uchun oilib qo’ying.
Piyozni yupqa yarimhalqa shaklida to’g’rang, unga to’g’ralgan ko’katlar va murch qo’shib, aralashtiring.
Xamir, go’sht va qazili aralashmani yassi tarelkaga do’ngcha qilib qo’ying. Ustidan olib qo’yilgan qazi va piyoz-ko’kat aralashmasini qo’ying. Kosaga yarim qilib to’ldirib bulyon soling va portisya bilan dasturxonga torting. Norinni alohida, bulyonni alohida tanovul qilish ham, tarelkadagi norinni bulyonga solib, aralashtirib, birgalikda tanovul qilish ham mumkin.
Bekajonlar uchun eslatma
Agar xom qazi sotib olgan bo’lsangiz, uni idishga solib, ustidan sovuq suv quying va shundan so’ng olovga qaynatishga qo’ying. Qaynab chiqganida qazini bir nechta joyida igna bilan teshib chiqing, aks holda u yorilib ketishi mumkin.
Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng…
Bir qarashda, teftel va frikadelkalar bir xildek tuyuladi, lekin ularning farqi bor. Frikadelkalarga albatta yangi non, ko’katlar, ziravorlar…
«Mujskoy kapriz» — ko’pchilik eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida turli go’shtlar mavjudligi sababli, erkaklar ko’proq uni xush…
Qovurma lag’mon tayyorlash uning boshqa turlariga qaraganda kengroq tarqalgan. Chunki ushbu taomni tayyorlash uchun kamroq kuch va masalliqlar…
Keks deb biskvitli yoki xamirturushli xamiridan tayyorlangan shirin qandolat pishirig’iga ataladi. Kekslar tayyorlash usui qadimgi Rimda ham ma’lum…
«Smak» salati juda mashhur, deyarli har bir kafe menyusida mavjud. Salatani tayyorlash oson va masalliqlarni topish mushkul vazifa…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Juda ham ajoyib ma’lumotlar uchun tashakkur!
Juda ham zur ekannn manga yoqdi yana ham bowqacharo qilsa buladimi