Qatlama tayyorlash retsepti — bosqichma-bosqich ko’rsatma + foto
O’zbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi o’ziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan…

Manti — Markaziy Osiyo, Turkiya, Mo’g’uliston va Koreya xalqlarining an’anaviy taomidir. Ushbu taomning ta’mini so’zlar bilan ifodalab bo’lmaydi: bug’da pishirilgan go’sht bilan yupqa xamirning ajoyib kombinatsiyasi. Oshpaz manti tayyorlash sirlarini bilsa, taom og’izda eriydi. Sizning e’tiboringizga taqdim etiladigan retsept hatto eng zamonaviy gurmanlar tomonidan ham ijobiy baholanadi.
Manti an’anaviy tarzda go’shtdan tayyorlanadi, ammo o’zbek oshxonasiga qovoq va jag’-jag’ solib tayyorlangan manti ham begona emas. Maqolada ularning barchasi ko’rib chiqiladi. Dastavval go’shtli turidan boshlasak. Shunday qilib, toshkentcha manti bilan tanishing.
Xamiri uchun:
Go’shtli qiyma uchun:
Dastavval xamir qorib olish kerak: idishga 500 g oq un solib, unga bitta tuxum chaqib soling va asta-sekin tuzli suv solib, xamir tayyorlang. So’ng xamirni ustini polietilen yoki sochiq bilan yopiq, 20 daqiqa dam bering.

Go’shtli manti nachinkasini ikki usulda tayyorlash mumkin: go’shtni to’g’rama qilib yoki qiymalagichdan chiqargan holda.
Go’shtga mayda qilib to’g’ralgan piyoz, murch, zira va biroz tuz qo’shish kerak. Agar to’g’rama usulda tayyorlanadigan bo’lsa, charvi yoki sariyog’ tomonlari 1 sm bo’lgan kubik qilib to’g’raladi va go’shtli aralashmaga solinadi. Barchasi yaxshilab aralashtiriladi.

Dam olib bo’lgan xamir qalinligi 0,5-1 mm qilib yoyiladi, so’ng tomonlari 10-12 sm bo’lgan kvadrat qilib kesiladi. Har bir kvadratga 1-2 osh qoshiq nachinka qo’yiladi. Xamirning tomonlari dastlab «X», so’ng yonma-yon qilib birlashtiriladi (quyidagi rasmga qarang).

Manti maxsus idish — qasqonda pishiriladi. Qasqon biroz yog’lanadi, so’ng orasida 2 sm`dan joy qoldirib mantilar teriladi. Qasqonning suv uchun mo’ljallangan qismiga yarimidan ozroq ziyod qilib to’ldirib suv quyiladi, qaynagach, unga qasqonning manti terilgan lappagi kiydiriladi va taom 45 daqiqa davomida pishiriladi.
Ushbu turdagi taomning xamiri huddi yuqoridagi kabi tayyorlanadi. Nachinkasi esa boshqacha masalliqlardan iborat, demak:
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlanishi:
Ushbu taom turi ayniqsa bahorda ko’p tayyorlanadi. U vitaminlarga boy bo’lib, sovuq qishdan keyin kuchlarni tiklash uchun ayni muddao. Qolaversa, uning ta’mi ham juda ajoyib.
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlanishi:
Ushbu milliy taomni dasturxonga turli qo’shimchalar bilan tortiq qilish mumkin. An’anaga ko’ra bular suyuq suzma, qatiq, piyozdog’ sanaladi. Uni murch bilan birga iste’mol qilish taomning ta’mini yanada mazali qiladi.
Go’shtli mantining yana keng tarqalgan bir varianti — nachinkadagi go’sht ulushining teng yarmini kartoshka bilan almashtirish. Taomning ta’mi bu holda sezilarli o’zgarmaydi, biroq, u to’yimliroq va hamyonbop bo’ladi.
Qovoqli mantiga shakar qo’shishga befarq bo’lmang, bu siz o’ylagandek uning ta’mini shirin qilib qo’ymaydi, aksincha, mazasiga maza qo’shadi.
Pishirishga qo’yishda suv qaynayotgan bo’lishi kerak, suv endi olovga qo’yilgan bo’lsa, pishirish vaqtiga yana 5 daqiqa qo’shiladi.
O’zbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi o’ziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan…
Tort kremi uchun retseptlar orasida qaymoq asosida tayyorlanadigan shanti kremi (chantilly cream) yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Krem yengil…
Blinchik (quymoq) — qizib turgan tovada suyuq xamirni qovurish orqali tayyorlanadigan pishiriqdir. Blinchik tayyorlash usullari juda ko’p, ammo…
Dimlama — O’zbekistondagi eng mashhur taomlardan biri. «Dunyo xalqlari oshxonasi» tanlovining qatnashchisi sanaladi. Turli sabzavot va ko’katlar bilan…
Pryanik — uzoq vaqt davomida mashhur bo’lgan rus shirinligi. Ular nafaqat bayramlarda dasturxonga tortiq qilish, balki tug’ilgan kun,…
Chak-chak shirinligi turkiy xalqlar oshxonasiga mansub bo’lib, xamir va asaldan tayyorlanadi. Uning ko’plab turlari mavjud. Ushbu shirinlikni pishirish…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.