Qonni suyultirish usullari — hayot tarzi bo’yicha 5 tavsiya, xalqona vositalar
Qon tananing ichki muhiti sifatida, butun organizm va to’qimalarning holati haqida ma’lumot olib, ularning uyg’un ishlashini ta’minlovchi birlashtiruvchi…

Soch follikulasi — dinamik tuzilma bo’lib, tashqi muhit o’zgarishiga juda sezgir sanaladi. Soch follikulining har bir sikli tezligi gormonlar, oziqa moddalar, toksinlar, biologik faol molekulalar kabi ko’plab omillarga bog’liq. Soch to’kilishi ko’pincha ularning hayotiy sikli buzilishi bilan bog’liq. Bu buzilishlar tashqi yoki irsiy omillar bilan bog’liq.
Shuni tushunish kerakki, irsiy (genetik) kelib chiqishli soch to’kilishi (androgenetik alopetsiyani) oldini olish usullari mavjud emas.
Tashqi omillar tomonidan chaqirilganlarini esa oldini olish mumkin va bu davolashdan ko’ra ancha kamroq mehnat talab etadi. Aksariyat odamlar esa sezilarli miqdorda soch to’kilishiga duch kelishgandagina profilaktika haqida o’ylay boshlashadi.
Soch to’kilishi tabiiy jarayondir. Har kuni kishi 60-100 tola soch yo’qotadi. Odatda, yangi o’sib chiqqan va to’kilgan sochlarning soni bir xil darajada bo’ladi, biroq ma’lum sharoitlarda uning to’kiladigan ulushi ortib ketadi.
Teri, tirnoq va sochning holati tananing ichki holatini aks ettiradi, shuning uchun sochlar to’kilganda ushbu jarayonning birlamchi sababini bartaraf etish kerak.
Soch to’kilishini oldini olishning asosi — umumiy salomatlikni qo’llab-quvvatlash va ovqatlanishni me’yorlashtirishga qaratilgan. Sog’lom turmush tarzi bunga yaqindan ko’maklashadi. Bundan tashqari, quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish kerak:
Hamrohlik qiluvchi omillarni ham inobatga olish kerak. Bu tamoyil ko’pincha bemorlar tomonidan bee’tibor qoldiriladi. Sochga shikast yetkazuvchi ta’sir ko’rsatadigan omillardan qochish kerak. Sochni me’yordan ortiq tortib o’rish bu turdagi turmakni uzoq muddat saqlash ularning o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Har qanday kimyoviy agentlar salbiy ta’sirga ega. Qo’pol artish va tarash, fen bilan tez-tez quritish ham nam sochlarni jarohatlaydi va mavjud soch tolalarining to’kilishi va sinib qolishiga olib keladi. Bu omillarning ta’sirini minimal darajagacha cheklash kerak.
Bundan tashqari, muammo avj olib bo’lgan bo’lsa, soch o’stirish usullari bilan tanishish ham mumkin.
Qon tananing ichki muhiti sifatida, butun organizm va to’qimalarning holati haqida ma’lumot olib, ularning uyg’un ishlashini ta’minlovchi birlashtiruvchi…
Shamollash va infektsiyalar mavsumida tibbiy niqob kasallikdan himoya qilishda qo’shimcha yordam berishi mumkin. Ammo agar ular yetishmayotgan bo’lsa…
Soch to’kilishi asosan erkaklar duch keladigan muammo deb hisoblanadi, ammo ayollar ham undan aziyat chekishi mumkin. Ayollarda soch…
Xotira – inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani mustahkamlash ko’pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Uning buzilishida inson hayoti…
Qanday qilib qorinni yo’qotish mumkin? Jismoniy mashqlar va ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga vaqt ham, asab ham, kuch ham bo‘lmasa,…
Har bir inson, jinsidan qat’iy nazar, husnbuzarlarni uy sharoitida davolash sirini bilishi kerak, ba’zan uni 1 kunda yo’qotish…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.