Moxito tayyorlash retsepti — alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari
Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi. Mundarija Yashirish 1. "Napoleon" torti paydo…

«Napoleon» torti — butun dunyo sevib iste’mol qiladigan eng mazali shirinliklardan biri. Italiya va Fransiyada bu tortni «ming qatlam» deb atashadi, Belgiya va Niderlandiyada esa shunga o’xshash «Tompus» shirinligi mavjud va u ko’pirtirilgan qaymoq va pushti glazurdan iborat. Qizig’i shundaki, ko’pincha «Napoleon» torti, qandolatchilik maxsulotlarini sotib olish qiyin bo’lgan va shuning uchun ham uy bekalari shirinliklarni uy sharoitida o’zlari tayyorlashga majbur bo’lgan Sovet davri bilan qiyoslanadi. Shuning uchun ham ushbu tortni uy sharoitida pishirishning juda ko’p retseptlari bor, chunki har bir oilada bu shirinlikni tayyorlashning o’z sirlari bor edi.
1912 yilda Rossiyada Napoleon ustidan qozonilgan g’alabaning yuz yilligini nishonlash taraddudi bo’layotgandi va shu munosabat bilan qandolatchilar uchburchak shaklga ega bo’lgan qavatli xamir (слоеное тесто) va sut va sariyog’dan tashkil topgan qaynatma kremdan iborat shirinlikni yaratadilar. Frantsuzlar esa bir asosiy versiyaga asoslanib bu nozik ta’mga ega tortni yaratish huquqi ularga tegishli deya hisoblashadi.
Bu versiyaga ko’ra, ayyor qasr oshpazi Bonapartni mamnun qilish maqsadida oddiy keksni bir nechta korjlarga bo’lgan va ular orasiga ko’pirtirilgan qaymoq va qulupnay surgan. Shunday qilib yangi tort paydo bo’lgan va ushbu shirinlik ‘»Napoleon» deya atala boshlagan.
Klassik «Napoleon» ning asosiy xususiyati korjlarning shakarsiz pishirilishida, lekin ular juda yengil, havodor va juda mazali chiqadi. «Napoleon» pirogi qanday xamirdan pishirilishini hamma ham bilmaydi, chunki kesilganda juda ko’p qatlam bo’ladi. Ko’pincha, boshqa variantlar mavjud bo’lsa-da, qavatli xamirdan foydalaniladi. Odatda korjlar muzday suv yoki sut, sariyog’ yoki yuqori sifatli margarin, tuz, korjlarni qavatli chiqarish uchun sirka va elab olingan yuqori navli undan tayyorlanadi. Ba’zan xamirga smetana, sut, tuxum, aroq, pivo va pishloq qo’shiladi. Tayyor xamirdan 1-2 mm qalinlikda yoyilgan korjlar kesib olinadi va 200° C haroratda qizdirilgan gaz pechida 8-15 daqiqa davomida pishiriladi. Eng muhimi — korjlar sinmasligi uchun, ularni pishgandan so’ng kesa ko’rmang. Tayyor va krem bilan qoplangan tortni ehtiyotkotlik bilan chiroyli tekislang.
«Napoleon» uchun kerakli kremi tayyorlash haqida gapiraylik. Tort uchun ko’pincha qaynatma, smetanali, qaymoqli va sariyog’li krem tayyorlanadi, xoxishga ko’ra ba’zan shokolad ham qo’shiladi. Krem surilganidan so’ng, singishi uchun tayyor tortni 10 va undan ko’proq soatga tindirishga qo’yiladi. Tayyor bo’lgan shirinlikni xoxishga ko’ra istalgan yong’oq turi bilan bezatish mumkin-bunda Napoleon yana ham mazaliroq bo’ladi.
Xamirga juda ko’p un qo’shmang — u faqatgina yaxshi yoyilsa bo’lgani. Juda qattiq xamir korjlarni quruq va sinuvchan qiladi- tort esa yumshoq bo’lib singimaydi. Korjlar qancha yupqa yoyilsa shuncha yaxshi. Krem esa qancha ko’p bo’lsa tort yanada mazali bo’ladi.
Yog’li sariyog’ yoki margarin olib, xamir qorishdan avval uni albatta yaxshilab sovuting. Lekin sariyog’ muzlab qolmasligi lozim, aks holda korjlarni yoyib bo’lmaydi, ular yirtilib ketadi.
«Napoleon» korjlari ancha shishadi, shuning uchun ularni vilka bilan pishirishdan oldin teshib chiqamiz, shunda ular mukammal tarzda tekis chiqadi. Agar tortingiz yumshoq va suvli chiqishini xohlasangiz kremni korjlar tayyor bo’lgan zahotiyoq suring, agarda qisirloq (хрустящий) tortni ma’qul ko’rsangiz kremni korjlar sovugandan so’ng suring.
Ushbu tortni tayyorlash qiyin emas, lekin sizning yaqinlaringiz qanchalik xursand bo’ladilar! Shunday qilib, sizga quyidagi mahsulotlar kerak bo’ladi:
Xamir uchun:
Krem uchun:
Tayyorlash usuli:
Kremini tayyorlash bosqichlari:
Napoleon torti tayyor.
Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi. Mundarija Yashirish 1. "Napoleon" torti paydo…
O’zbekcha qozon-kabob nima? Qirsillovchi qobiq hosil qilguncha qovurilgan go’sht va o’simlik moyi va go’sht yog’ida tillarang tusga kirguncha…
«Mujskoy kapriz» — ko’pchilik eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida turli go’shtlar mavjudligi sababli, erkaklar ko’proq uni xush…
«Smak» salati juda mashhur, deyarli har bir kafe menyusida mavjud. Salatani tayyorlash oson va masalliqlarni topish mushkul vazifa…
Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob…
Chizkeyk — yevropa va amerika oshxonasining klassik pishirig’i. U klassik, likyorli, bananli, shokoladli yoki tvorogli bo’lishi mumkin, quyidagi…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Yahshi chiqdi rahmat
Oq qarsildoq qlip piwirsaham boladmi