Norin tayyorlash — retsepti, usullari, sirlari, kerakli masalliqlar, xamiri va go’shti
Norin bu somoncha qilib kesilgan go’sht va maxsus xamir, piyoz, murch aralashmasi va xushbo’y bulyon bilan tortiladigan juda mazali taomdir. Uni tayyorlash uchun an’anaviy tarzda qo’y yoki ot go’shtidan tayyorlangan bulyon va ishlatilishi shart bo’lgan masalliq — qazidan foydalaniladi. Xo’sh, norin qanday tayyorlanadi?
Maqolada:
Norin tayyorlash uchun kerakli masalliqlar
- 1 kg suyakli qo’y go’shti, son yoki belidan
- 1 kolbasa qazi (qaynatilgan)
- 3 ta o’rtacha kattalikdagi piyoz
- 5-7 shoxchadan ukrop va kinza
- Tuz, yanchilgan murch
Norin xamiri tayyorlash uchun:
- 3,5 stakan un
- 1 ta tuxum
- 1 choy qoshiqni to’la qilib tuz
- Yog’lash uchun o’simlik moyi
Norin tayyorlash retsepti: qadamba-qadam
Tayyorgarlik vaqti: 4 soat | Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa | Portisyalar soni: 7-8
1-qadam
Suyaklarni idishga soling va ustidan 3-4 litr sovuq suv quying. Qaynashgacha olib boring, so’ng olovni minimal darajagacha pasaytiring va kuchli bulyon olish uchun 3-4 soat davomida qaynating. Bulyonga tuz va murchni eng oxirida qo’shing, so’ng uni suzib oling. Go’shtni suyaklardan ajratib oling.
2-qadam
Norin xamiri uchun idishga unni elab soling, 200 ml sovuq ichimlik suvida tuzni eriting. Suvga bitta tuxum chaqib solib, bir xil bo’lgunga qadar aralashtiring. Aralashmani un solingan idishga quying va xamir qoring. Xamirni zuvala qiling, ustini yopib, 1-2 soat tindirishga qo’ying.
3-qadam
Xamirni yupqa qilib yoying va 4-5 sm enlikdagi kesmalarga kesing.
4-qadam
Oldindan tayyorlangan bulyonni xamirni qaynatib pishirish uchun idishga soling. Qaynaguncha olib boring, tuzlang. Xamirli kesmalarni bulyonda 3-4 daqiqa qaynating, so’ng bulyondan chiqarib oling, biroz o’simlik moyi qo’shib, aralashtiring.
5-qadam
Pishgan xamirning 4-5 tasini ustma-ust qo’ib, ingichka somoncha qilib kesing. Bulyonga ketgan go’shtni ham shunday somoncha qilib to’g’rang. Qazi ham shu tarzda to’g’raladi, biroq 3-4 ta doiracha qazini bezatish uchun olib qo’ying.
6-qadam
Go’sht va kolbasali somonchalarning bir qismini xamirli somonchalar va murch bilan aralashtiring. To’g’ralgan qazining bir qismini tayyor norinni bezatish uchun oilib qo’ying.
7-qadam
Piyozni yupqa yarimhalqa shaklida to’g’rang, unga to’g’ralgan ko’katlar va murch qo’shib, aralashtiring.
8-qadam
Xamir, go’sht va qazili aralashmani yassi tarelkaga do’ngcha qilib qo’ying. Ustidan olib qo’yilgan qazi va piyoz-ko’kat aralashmasini qo’ying. Kosaga yarim qilib to’ldirib bulyon soling va portisya bilan dasturxonga torting. Norinni alohida, bulyonni alohida tanovul qilish ham, tarelkadagi norinni bulyonga solib, aralashtirib, birgalikda tanovul qilish ham mumkin.
Bekajonlar uchun eslatma
Agar xom qazi sotib olgan bo’lsangiz, uni idishga solib, ustidan sovuq suv quying va shundan so’ng olovga qaynatishga qo’ying. Qaynab chiqganida qazini bir nechta joyida igna bilan teshib chiqing, aks holda u yorilib ketishi mumkin.
Juda ham ajoyib ma’lumotlar uchun tashakkur!
Juda ham zur ekannn manga yoqdi yana ham bowqacharo qilsa buladimi