Tovuq pishirish retsepti — tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar
Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob…

O’zbekcha qozon-kabob nima? Qirsillovchi qobiq hosil qilguncha qovurilgan go’sht va o’simlik moyi va go’sht yog’ida tillarang tusga kirguncha qovurilgan kichikroq kartoshka. Go’sht esa oldindan quruq yoki nordon marinadda marinadlangan. Uchta qozon-kabob tayyorlash turi farqlanadi: qo’y, parranda (asosan tovuq) va mol go’shtidan. O’rtacha kattalikdagi tovuq bo’laklari qizib turgan yog’da 20-25 daqiqa, shu kattalikdagi qo’y qovurg’alari 25-35 daqiqa, mol go’shti esa yana biroz ko’proq qovuriladi. Go’sht suvli bo’lib pishishi sirlari ham mavjud. Agar faqat go’sht sirti qizartirib pishirilsa, albatta, bunda suvlilikka erishish mumkin, lekin go’shtga kartoshka solinganida, go’sht suvi bilan aralashib, uning ko’rinishi buziladi. Go’sht tayyor bo’lgunicha qovurilsa, bunday holatning oldini olish mumkin, lekin uning yumshoqligi yo’qoladi. Xo’sh, mazali qozon kabob qanday tayyorlanadi? Buning uchun shunchaki go’sht biroz dimlanadi. Va, bu holda, qovurishning an’anaviy tartibini buzish ham mumkin.
Tayyorgarlik vaqti: 6 soat | Tayyorlanish vaqti: 30-35 daqiqa
Go’shtni katta bo’laklarga kesib oling, 2 osh qoshiq ziravorlar arlashmasini qo’shing va aralashtiring.
Piyozni yarim halqa qilib, pomidorni — ingichka doira shaklida kesib oling. Piyoz, pomidor va go’shtni aralashtirib, 5-6 soat davomida sovutgichga qo’ying. Ingichka qilib kesilgan limon qo’shish ham mumkin.
Kartoshkani tozalang, kattaroqlarini ikki bo’lakka bo’ling. Qo’y yog’ini kubiklarga bo’lib oling. Qozonda yoki boshqa osti qalin bo’lgan kattaroq idishda o’simlik moyini qizdirib, so’ng yo’gni soling va jizzasi qolguncha eritib oling. Jizzasini ajrating.
Kartoshkani qozonga soling. Doimiy aralashtirish kerak emas, faqatgina vaqti-vaqti bilan pastki tomonini yuqoriga ko’tarib qo’yish kifoya. Kartoshka yorqin tillarang tusga kirgunicha qovuring. So’ng kartoshkani qozondan boshqa idishga joylashtiring. Kartoshkadan oqadigan yog’ning bir qismini qozonga qaytarib soling.
Go’sht bo’laklarini qozonga soling, baland olovda jigarrang tusga kirgunicha qovuring. Buning uchun go’sht avval suvini ajratishni boshlashini kutish kerak, suvi bug’lanib ketgachgina go’sht qovurila boshlaydi.
Go’sht jigarrang tusga kirganda, oz miqdorda suv quying (u go’shtni qoplamasligi kerak). Qopqoqni yoping va go’shtni past haroratda 20 daqiqaga dimlanishga qoldiring.
Qozon qopqog’ini oching va qolgan suvni bug’lantirib yuboring. So’ng kartoshkani solib, tuz seping. Qolgan ziravorlarni qo’shib aralashtiring, yopiq qopqoq ostida 10 daqiqaga dimlab qo’ying.
Kesilgan shivit va kashnich sepib, keng idishda dasturxonga torting.
Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob…
Dimlama — O’zbekistondagi eng mashhur taomlardan biri. «Dunyo xalqlari oshxonasi» tanlovining qatnashchisi sanaladi. Turli sabzavot va ko’katlar bilan…
«Smak» salati juda mashhur, deyarli har bir kafe menyusida mavjud. Salatani tayyorlash oson va masalliqlarni topish mushkul vazifa…
Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning retsepti keltiriladi. Mundarija Yashirish 1. Qozon…
Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u…
Uy sharoitida tayyorlangan turkcha somsa nafaqat tamaddi uchun mukammal variant, balki mehmonlarni siylash uchun ham ajoyib taom bo’ladi.…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.