Shanti krem tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, bosiqchlari, tavsiyalar

Shanti krem tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, bosiqchlari, tavsiyalar

Tort kremi uchun retseptlar orasida qaymoq asosida tayyorlanadigan shanti kremi (chantilly cream) yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Krem yengil va mazali, shaklini mukammal darajada saqlab turishi bois har xil pishiriqlar uchun ajoyib mos keladi.

Kremning bir nechta turlari mavjud, ushbu retseptda uning klassik turi tayyorlanishi keltiriladi. Eng muhimi, kremni yaxshilab urib ko’pirtirish, shuning uchun elektr mikserdan foydalanish tavsiya etiladi. Krem xususiyatlarini uzoq saqlamasligi sababli uni darhol ishlatish qabul qilingan.

Kerakli masalliqlar:

  • Qaymoq — 0,5 litr;
  • Sut — 65 mililitr;
  • Shakar upasi — 6 osh qoshiq;
  • Vanil — ta’bga ko’ra.

«Shanti» kremi tayyorlanishi

  1. Sut va yog’li qaymoqni olindan muzlatgichga qo’yib oling, masalliqlar yaxshi sovutilgan bo’lishi kerak.
  2. Idishga 250 mililitr qaymoq va sut solib, yumshoq ko’pik hosil bo’lguncha aralashmani elektr mikser yordamida ko’pirtiring.
  3. Shundan so’ng qolgan qaymoqni solib, shakar upasi va bir necha tomchi vanil essentsiyasidan qo’shing.
  4. Massani yaxshilab ko’pirtirishda davom eting, bunda u mikser nasadkasidan tushmaydigan darajada bo’lishi kerak. Tayyor bo’lgan krem darhol ishlatilishi lozim, uzoq saqlansa u xususiyatlarini yo’qotadi.

Fikr-mulohazalar

Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.

Ctrl + Enter — yuborish

Suhbatni siz boshlang

Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.

Reklama