Yarating, o'rganing, bilib oling

«Shuba ostidagi seld» salati retsepti — tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar

«Shuba ostidagi seld» salati retsepti — tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar

Shuba ostidagi seld yoxud shuba salati eng mashhur ruscha salatlardan biridir. U salatsiz deyarli hech bir bayram, ayniqsa yangi yil bayrami o’tmaydi. Salatni tayyorlash retsepti yetarlicha oson, har bir beka buni uddalay oladi.

Shuba salati tayyorlash retsepti

Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni 3-4

Kerakli masalliqlar:

  • Kam tuzlangan seld — 2 dona
  • Lavlagi — 2 ta o’rtacha kattalikda
  • Kartoshka — 2-3 o’rtacha kattalikda
  • Sabzi — 1 dona
  • Piyoz — 1 dona
  • Tuxum — 2 ta
  • Mayonez — ta’bga ko’ra
  • Tuz, qalampir

Tayyorlanishi:

  1. Barcha sabzavotlar va tuxum qaynatib olinadi, sovutiladi va po’stidan tozalanadi.

    Bundan tashqari, sabzavotlarni yumshaguncha 1-1,5 soat pechda pishirish ham mumkin.

  2. Tuzlangan seld balig’i filega ajratiladi, ya’ni go’shti suyaklaridan ajratib olinadi. So’ng file kichik kubikchalar shaklida qilib to’g’raladi.
  3. Piyoz archiladi va mayda qilib to’g’raladi (blenderda maydalash ham mumkin, faqat bo’tqa bo’lib ketmasligini nazorat qilgan holda). Achchig’i ketish uchun qaynoq suv quyib, chayib tashlanadi.
  4. Barcha sabzavotlar va tuxum qirg’ichning eng yirik tishi orqali chiqariladi, har biri vaqtincha ravishda alohida-alohida idishlarga olib turiladi.
  5. Har bir qirg’ichdan chiqarilgan masalliqlar alohida-alohida bo’lgan holda tuzlanadi, ta’bga ko’ra qalampir sepiladi, mayonez qo’shib aralashtiriladi. Shuningdek masalliqlarga mayonez qo’shib aralashtirmasdan, qavatma-qavat terish jarayonida ularning ustidan bir qavat qilib surtib ketish ham mumkin.
  6. Chuqurroq salat uchun idishga yoki shakl qo’yilgan likopchaga masalliqlar ketma-ket qilib terila boshlaydi. Ketma-ketligi:

Seld balig’i

Shuba salatining birinchi qavati

Ketidan  kartoshka (mayonez+tuz),

Kartoshka qavati

So’ng piyoz + murch,

Salatning piyoz qavati

 

Keyin sabzi (tuz+mayonez),

Seld ostidagi shubaning sabzi qavati

Tuxum (u ham oldindan mayonez bilan aralashtirib olingan),

Seld ostidagi shubaning sabzi qavati

Lavlagi (mayonez+tuz+qalampir)

"Shuba"ning so'nggi qavati

So’nggi qavat qo’yilgach, ingichka qilib mayonez surtiladi va bezak sifatida qirg’ichdan chiqarilgan tuxum sepiladi. Shuba salati tayyor, yoqimli ishtaha!

Tavsiyalar

  • Salatani mazali bo’lishi uchun mayonezni yetarli miqdorda (kam ham emas, ortiqcha ham emas) qo’shish kerak, aks holda salat quruq yoki o’ta yog’li bo’lib qoladi.
  • Mayonezni narxi yoki kaloriyasiga qarab emas, mazasi bo’yicha tanlash maqsadga muvofiq.
  • Haddan tashqari holatlarda, salat quruq bo’lmasligi uchun unga mayonez o’rniga o’simlik moyi qo’shish mumkin.

Yakuniy tayyor bo’lishi uchun salatni oziq-ovqat plyonkasi bilan yopib, bir kechaga sovutgichda qoldiring.

10
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.