Somsa tayyorlash — qavatli somsa uchun xamir va nachinka retsepti, usullari
O’zbekistonda yashaydigan yoki bu go’zal mamlakatda mehmonda bo’lgan har bir shaxs o’zbek oshxonasining ovqatlarini alohida iliqlik bilan eslab turadi. Jahonga mashhur taniqli taomlar orasida somsa (samsa) maxsus sharafga ega. Sizga asl mazali va chiroyli qavatli somsa tayyorlash retseptini taklif etamiz.
Somsa tayyorlash uchun kerakli masalliqlar
Somsa xamiri uchun:
- Un — 500 gramm
- Suv — 250 ml
- Tuz — 1 choy qoshiq
- Sariyog’ yoki eritilgan yog’ — 100 gramm
Somsa nachinkasi uchun:
- Yog’li qo’y go’shti (laxm) — 500 gramm
- Piyoz — 500 gramm
- Tuz — 1 choy qoshiq
- Murch kukuni — 1 choy qoshiq
- Zira (ta’bga ko’ra) — 1 choy qoshiq
Qavatli somsa tayyorlash usullari
- Somsa uchun xamirni tayyorlash uchun 250 ml iliq suvga (bir stakan) ga 5 gramm tuz qo’shib, aralashtiring. Stolga yoki idishga 500 gramm unni elab soling, tuzlangan suvni qo’shib, oddiy xamir qoring.
- Xamirni zuvala qilib, ustini idish bilan yoping va 20-30 daqiqaga dam olishga qoldiring.
- 20 daqiqadan so’ng, xamirni to’rtburchak shaklda, 0,5 mm qalinlikda qilib yoying. Bu qavatli xamir o’ziga xosdir. Bunda klassik fransuzcha xamirdan farqli o’laroq, qatlamlar stolga perpendikulyar bo’ladi.
- Yoyilgan xamirga 100 gramm eritilgan yog’ yoki sariyog’ yoki margarin surting.
- Yog’langan xamirni zich rulet qilib o’rang va 18 ta teng qismga bo’lib oling.
- Kesilgan xamirning har bir qismini ko’ndalang qilib qo’yib, kaft bilan bosib, kulchacha shaklini bering. Somsa uchun xamir bo’lakchalarini taxtaga qo’yib, ustini plyonka bilan yopib, yarim soat muzlatgichga yoki ikki soat sovutgichga qo’ying.
- Somsa uchun go’shtli nachinka tayyorlash uchun 0,5 kg piyozni kubik shaklida to’g’rab oling, 0,5 kg go’shtni ham tomonlari 0,5 sm bo’lgan kubik qilib kesib oling, xohishga ko’ra go’shtni qiymalagichda maydalab olish yoki aksincha, yirikroq qilib to’g’rash ham mumkin.
- Idishga go’sht va piyozni soling. Nachinkaga bir choy qoshiq tuz va bir choy qoshiq murch qo’shing, ta’bga ko’ra bir choy qoshiq maydalangan zira qo’shish ham mumkin. Barchasini yaxshilab aralashtiring, so’ng ustini yopib, chetga olib qo’ying.
- Sovutgichdan somsa uchun tayyorlangan xamirlarni olib, har birini qalinligi 1 ml bo’lgan yupqa doira qilib yoyib oling. Har bir doirachaning o’rtasiga qiyma qo’yib, uni teng qilib taqsimlang.
- Xamirni uch tomonidan bir-birini ustiga qo’ygan holda navbati bilan qiyma ustiga ko’tarib tuging, unga uchburchak shaklini berish lozim. So’ng uchta burchagini ham alohida qatlab, bukish kerak.
- Somsa pishirish listiga chokini pastga qaratgan holda teriladi. Yuzasiga tuxum sarig’i surtiladi, xohishga ko’ra kunjut sepish mumkin.
- Qatlamli somsa 30 daqiqa davomida 180-200 °C haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishiriladi.
- Tayyor bo’lgan somsa dasturxonga issiqligida tortiladi.