Yarating, o'rganing, bilib oling

Qozonni tozalash va oqartirish — uy sharoitida tayyorlanadigan TOP-5 vosita

Qozonni tozalash va oqartirish — uy sharoitida tayyorlanadigan TOP-5 vosita

Kuygi va qozonga yopishib qolgan yog’ —  ko’pchilikka tanish bo’lgan muammo. Bunday holda uy sharoitida qozonni tozalash va oqartirish mumkinmi degan savol tug’iladi.

Albatta, buning bir qancha samarali usullari mavjud. Buning uchun qimmatbaho professional kimyoviy moddalardan ko’ra har bir uyda topiladigan arzon vositalardan foydalanish mumkin.

Qozonni oqartirish va tozalash usullari

Silikat yelim va soda. Bu usul idishlarni qoplamasiga zarar yetkazmagan holda tozalashga yordam beradi. Buning uchun hajmi qozonning hajmidan katta bo’lgan idish kerak bo’ladi.

Birinchi vazifa — eritma tayyorlash. Suvga 150 g silikat yelim va 150 g soda qo’shib, to’liq eriguncha yaxshilab aralashtiring.

Qozonni eritma solingan idishga joylashtiring. Past olovda qaynaguncha olib borib, so’ngra 50-60 daqiqaga plitada qoldiring. Qaynash davomida hosil bo’ladigan bug’lar haqida unutmaslik kerak. Shu sababli xonada shamol aylanishi uchun oynalarni ochiq qoldirish tavsiya etiladi.

Belgilangan vaqt o’tgach, qozonni eritmadan chiqarib olib, oddiy yuvish vositasi yordamida yuving. Soda va yelim ta’siri tufayli kuygilar qozon devorlardan osongina ajralib tushadi. Ushbu usul ko’p vaqt yoki kuch talab qilmaydi.

Tuz, soda va sirka kislotasi. Metall to’g’orani o’rta balandlikdagi olovga qo’yib, ozgina qizdiring. So’ng 2 osh qoshiq tuz solib, uning tubini qoplaguncha miqdorda sirka quying.

Massa qaynay boshlagach, olovni minimal darajada past qilib, 2 osh qoshiq soda qo’shib, massa yana bir bor qaynab chiqishini kuting.

Idishga qozonni sekin tushiring va massaning ko’p qismi bug’lanib ketguncha olovni o’chirmang. So’ng qozonni chiqarib, uning ichki va tashqi qismini oddiy yuvish vositasi bilan yuvib tashlang. Ehtiyot bo’ling, chunki qaynash davomida kuchli bug’lar hosil bo’ladi. Oynalarni ochib qo’yish yoki dudburonni yoqish tavsiya etiladi.

Qum. Tabiat yaqin bo’lgan sharoitda qozonni tozalashning yana bir usulini qo’llash mumkin. Buning uchun qozonni qum bilan to’ldirib, 2-3 soatga olovga qo’ying. Iloji bo’lsa, uni ochiq olov ustida bir kechaga qoldirish afzal.

Kerakli vaqt o’tgach qozonni olovdan oling. Yaxshilab qiziganligi tufayli, undagi kuygini metall cho’tka yoki yuvish vositasi bilan osongina olib tashlash mumkin. So’ng uning ichki va tashqi yuzasini tozalab olish qoladi, xolos.

Faollashtirilgan ko’mir. Cho’yan idishlarini tozalash uchun arzon va samarali vosita. Bitta idish uchun bitta faollashtirilgan ko’mir plastinkasi yetarli bo’ladi.

Tabletkalarni qobiqdan chiqarib olib, yaxshilab ezib maydalash kerak. Qozon yuzasini nam mato bilan artib oling. So’ng uning tashqi va ichki qismlariga ezilgan ko’mir kukuni sepib chiqing va shu holda bir-ikki soatga qoldiring.

Belgilangan vaqt o’tgach, qozonni suyuq yuvish vositasi bilan yuvib tashlang.

Tuz va yuvish vositasi. Katta hajmli idishda qaynatish orqali idishlarni kuyib, yopishib qolgan ovqat qoldiqlar va yog’lardan tozalashning yana bir usuli. Buning uchun 3 litr issiq suv, 4 osh qoshiq iste’mol sodasi va 2 osh qoshiq suyuq yuvish vositasini aralashtirgan holda eritma tayyorlash kerak bo’ladi.

To’g’oraga eritmani quyib, unga qozonni joylashtiring va o’rtacha olovda qaynatishga qo’ying (kamida 30 daqiqa qaynatib olish kerak). Dog’ va kuygilar ko’z oldingizda yo’qola boshlaydi!

Ammiakli spirt va bura. 10 g bura, 200 ml iliq suv va 1 tomchi ammiakli spirtni aralashtirib, tozalash uchun eritma tayyorlab oling. Qo’llarni himoya qilish uchun qo’lqop kiyishni unutmaslik kerak. Eritmani shimgich yordamida ehtiyotkorlik bilan qozonning tashqi yuzasiga surtib chiqing. So’ng biroz ishqalab, iliq suv bilan yuvib tashlang.

Limon kislotasi. Har bir uy bekasi oshxonasida mavjud bo’lgan mahsulot. 1 osh qoshiq limon kislotasini l bir litr suvda eritib, katta sig’imli to’g’ora yoki idishni to’ldiring. Unga qozonni joylashtirib, olovga qo’ying.

Suv qaynash darajasiga kelganidan so’ng, olovni pasaytiring va 15-20 daqiqaga qoldiring. Agar dog’lar birinchi martadan keyin ajralib tushmasa, jarayonni yana bir bor takrorlang. Keyin qozonni suyuq yuvish vositasi bilan yuvib tashlang.

Mavjud vositalardan foydalanib, qozonni muntazam ravishda tozalab turish sizga kuygi va yog’ qoldiqlarini osonlikcha ketkazish va idishni toza holda saqlashga yordam beradi. Va bunda hech qanday qimmat tozalash vositalariga murojaat qilish shart bo’lmaydi.

4
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.