Har bir xonim bilishi kerak bo’lgan 19 pardoz sirlari va usullari ?
Pardoz yoxud makiyajni zamonaviy, chiroyli va tezkor qilish uchun noodatiy, oddiy va samarali usullar va sirlari bilan tanishing!…

Ko’zingiz ostidagi doiralar tashvishantirmoqdami? Yuzingiz charchagan ko’rinadimi? Yuzingizni tiniq va silliq qilishni xohlaysizmi? Shunday bo’lsa, buning uchun uy sharoitida tayyorlanadigan yuz uchun niqoblar yordam beradi! Maqolada tabiiy vositalardan tayyorlanadigan, terini yumshatuvchi, oziqlantiruvchi va namlovchi niqob retseptlari keltiriladi.
Uy sharoitida niqoblar yuzga quyidagi tarzda suriladi:
Yuz terisi yog’lilik darajasini aniqlash uchun ushbu amalni bajaring. Yuzingizni sovun bilan yuvib tashlang, bir yarim soatdan keyin teriga ingichka qog’oz qo’ying, yuzingizni butun yuzasi bo’ylab yaxshilab bosing, qog’ozni oling va unda nechta yog’li dog’lar mavjudligiga qarang.
Asaldan
1 dona tuxum oqini 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. So’ngra 1 choy qoshiqdan sut va limon sharbati va bir necha tomchi bodom yog’i qo’shing. 20 daqiqa davomida yuzingizga surtib qo’ying. Yuz terisi tiniqlashib, ravshanlashadi.
Pomidordan
1 dona pomidorni qirg’ichdan o’tkazing. 1 choy qoshiqdan limon va sabzi sharbati qo’shib, aralashtiring. Niqobni yuzda o’n daqiqa ushlab turgach, iliq suvda yuvish lozim. Keyin oziqlantiruvchi krem surtishni unutmang.
Tinchlantiruvchi niqob
2 osh qoshiq quyuq yogurtga 2 osh qoshiq sut va yarim osh qoshiq kartoshka kraxmalidan qo‘shing. Aralashtirib, hosil bo‘lgan massani yuzga suring. 15 daqiqadan so‘ng sovuq suv bilan yuvib tashlang. Bu niqob terini ortiqcha yog‘dan xalos qiladi va mayinlashtiradi.
Har qanday niqobni surishdan oldin terini tozalashni, surib bo‘lgach esa, biroz namlantiruvchi krem surishni unutmang. Shunda natija yanada sezilarliroq bo‘ladi.
Tvorogdan
1 choy qoshiqdan tvorog va kefirni yarim choy qoshiq asal bilan yaxshilab aralashtiring. Niqobni tozalangan yuzga surtgach, 20 daqiqadan so’ng qaynatib olingan iliq suv bilan yuving.
Banandan
Yarimta bananni sanchqi bilan ezing. Pyure holiga kelgan bananni nafaqat yuz, balki bo’yin terisiga ham surtish mumkin. 15-20 daqiqadan so’ng iliq suvda yuvish lozim.
Moychechakdan
Uy sharoitida niqob tayyorlash uchun moychechak, na’matak va yalpiz o’simliklarining har birini 1 osh qoshiqdan o’lchab, yarim litr qaynagan suvga damlang. Biroz iligach, dokadan o’tkazib, alohida idishga soling. 3-4 qavat dokani damlamada namlab, yuzingizga qo’ying. 10-15 daqiqadan so’ng dokani olib, yuz uchun mo’ljallangan, tarkibida A vitamini mavjud kremdan surting.
Guruchdan
1 osh qoshiq guruchni qahvamaydalagichdan o’tkazib, 1-2 osh qoshiq sut bilan aralashtiring. Niqobni yuz terisiga surtib, 15 daqiqadan so’ng iliq suvda chaying.
Oqsilli niqob
Bitta tuxum oqini 1 osh qoshiq bug‘doy uni va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan massani yuzingizga suring. O‘n daqiqadan so‘ng nam paxta bilan artib tashlang. Bunday niqobdan keyin teri mayinlashadi va tetiklashadi.
Pardoz yoxud makiyajni zamonaviy, chiroyli va tezkor qilish uchun noodatiy, oddiy va samarali usullar va sirlari bilan tanishing!…
Har kuni oddiy tugilgan yoki yoyilgan sochlar bilan yurib, soch turmaklari yoki «ukladka» qilish uchun go’zallik salonlariga borasizmi?…
Uy sharoitida tirnoqlarni bo’yash va chiroyli manikyur qilish uchun sizga pilka, kutikula remuveri, apelsinli tayoqcha, mustahkamlovchi va rangli…
Ideal teriga ega parvarishlangan ayol har qanday yoshda ham go’zal ko’rinadi. Ammo umr yillari, noto’g’ri hayot tarzi, stress,…
Uy sharoitida sochni tim qora qilib bo’yash uchun nima qilish kerak? Bu savol ko’pchilik tomonidan berilishi mumkin. Oqargan…
Soch to‘kilishi muammosiga har qanday yoshdagi, har qanday jinsdagi kishilar duch kelishadi. Oxirgi 10 yil ichida soch to‘kilishi…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.