Yarating, o'rganing, bilib oling

Kayfiyatni ko’tarish usullari – 10 ajoyib usul, sinalgan tavsiyalar

Kayfiyatni ko’tarish usullari – 10 ajoyib usul, sinalgan tavsiyalar

Har bir insonning hayotida kayfiyat joyida bo’lmaydigan kunlar bo’ladi, bu vaqtda odam qo’li ishga bormaydi, uni atrofidagi narsalar qiziqtirmaydi, ba’zan esa yaqin insonlarga qo’pol munosabatda bo’lish kuzatiladi. Biroq noxushliklarni oldini olish uchun kishi shunchaki o’z vaqtida fikrlash va hissiyotini o’zgartishi kerak.

Kayfiyatni haqiqatdan ham boshqarish mumkin. Buni istalgan vaqtda: uyda, ishda, sayr paytida amalga oshirish mumkin. Tushkunlik ustunlik ola boshlagach, shunchaki uni yengish uchun quyidagi 10 oddiy “kalitni” yodga olish kifoya.

Kayfiyatni ko’tarish usullari

1. Sevimli musiqa

Musiqa insonga qanday ta’sir qilishi mumkinligi hech kimga sir bo’lmasa kerak. Kayfiyat tez-tez o’garib turadigan bo’lsa, doim qo’l ostidagi mobil telefonda bir-ikkita sevimli musiqa olib yurish tavsiya etiladi. Ular bo’shashishga yordam beradi, depressiv hayollardan uzoqlashtiradi.

Eng muhimi, musiqa qayg’uli bo’lmasligi kerak, aks holda ahvol faqatgina yomonlashadi. Yaxshisi doimo ruhiyatni ko’taradigan qo’shiqlarni tinglash kerak. U sokin, ilhomlantiradigan bo’lishi maqsadga muvofiq.

2. Komedik filmlar

Kayfiyatni ko’tarishning yana bir oddiy usuli. Kulgi stressni kamaytiradi va salomatlikni mustahkamlaydi. Shu sababli, bir kechani komediyalar uchun ajratish tavsiya etiladi. Bu noxush fiklarga ijobiy munosabatda bo’lishga ko’maklashadi.

Ish haftasi davomida xursandchilikni saqlab turish uchun tanaffuslar vaqtida kuniga bir necha marta qiziqarli videolarni tomosha qilish mumkin. Bu hayvonlar haqida videolar yoki muammolardan qochishga yordam beradigan boshqa kulgili lavhalar bo’lishi mumkin.

3. Istaklarni amalga oshirish

Albatta yangi mashina sotib olish yoki dunyo bo’ylab sayohatga chiqish shart emas. Shubhasiz, har bir kishi bir muddatdan buyon xohlab turgan, lekin vaqti yo’qligi yoki boshqa sabablarga ko’ra uni ortga qoldirib kelayotgan istaklari mavjud.

Shu tufayli vaqt toping. O’zingizni shokolad yoki mazali shirinlik bilan mehmon aylang, istirohat bog’ida attraktsionlarda uching. Bolalikda bu quvonchlarni qay darajada intiqlik bilan istaganingizni yodga oling.

4. Yaxshilik ulashish

Muammolar, yomon ahvol haqidagi o’ylarni bir muddatga unutib, yaqin insonlar haqida o’ylab ko’ring.

Ularning ko’nglini qay tarzda ko’tarish mumkinligi haqida fikr yuriting. Ota-onangiz, o’zingiz uchun qadrli bo’lgan boshqa yaqinlaringizga kutilmagan syurpriz tashkil eting. Qadrdonlarning shukrona va minnatdorchiligi har bir insonning ruhiyatini ko’tarishga qodir.

5. Tabiatdan bahramand bo’lish

O’rmonga yoki ochiq suv havzasiga borish imkoni bo’lsa ajoyib, biroq buning imkoni bo’lmasa, yaqin atrofdagi istirohat bog’laridagi baland daraxtlar soyasi ostida fikrlar bilan yolg’iz qolish, tabiat go’zalligidan bahramand bo’lish ham mumkin.

Agar oyna ortida qish fasli hukmronlik qilayotgan va uning birgina ko’rinishi ko’ngilga sovuqlik kiritayotgan bo’lsa, internet tarmog’idagi ajoyib tabiat manzaralarini tomosha qilish mumkin.

Favorit kuzatish ob’yektingizni aniqlang. Kim uchundir bu quyosh chiqishi, kim uchundir baland tog’lar, boshqalar uchun esa gullar.

6. Sevimli mashg’ulot

Agar sevimli mashg’ulotingiz bo’lsa, uni bajarishga kirishing. Ijodkorlik doim ko’tarinki kayfiyat baxsh etadi. O’zingizni ijodiy inson deb hisoblamasangiz, shunchaki sevimli mashg’ulotingiz bilan band bo’ling.

Bu hatto uyni tozalash ishlari yoki kichik xaridlar bo’lishi ham mumkin. Yangi ko’nikmalar o’rganish ham shu qatorda. Masalan bo’sh vaqtda Photoshop dasturida ishlashni o’rganib (yoki hech bo’lmaganda Paint dasturini ochishni bilib), telegramda ajoyib stikerlar yasab, guruhdagi do’stlarni quvontirish mumkin. Bu bir misol, xolos.

7. Miriqib uxlash

Ba’zan kayfiyatni ko’tarish uchun to’yib uxlash yetarli bo’ladi. Ko’pincha asabiylik va tushkunlik ishlar ko’pligi tufayli uyquga yetarli vaqt ajrata olmaslik natijasida yuzaga keladi. Bir necha soat sog’om uyqu esa muammoga boshqa tomondan nazar tashlashga yordam beradi.

8. Yaqinlarning suratlari

Agar yaqinlaringiz bilan muloqot qilish imkoni bo’lmasa, ularning fotosuratlarini tomosha qilish mumkin. Bugungi kunda deyarli har bir kishida mobil telefon mavjud ekan, yoqimli lahzalarni esga soladigan suratlarni yonida olib yurish muammo tug’dirmaydi.

Uyda bo’lganda esa oldini fotoalbomlarni ko’zdan kechirish ayni muddao. Unda aks etgan suratlar insonning ko’nglini ko’taradi, eski xotiralarni jonlantiradi.

9. Do’stlar bilan uchrashish

Do’stlaringizni choyga taklif qiling, mazali taomlar tayyorlang. Birgalikdagi ovqat pishirish ham kayfiyatni ko’taradi, dilkashlik qilish uchun bir sababga aylanadi. Hayotdagi kulgili hodisalarni eslang, ularni bir-biringiz bilan baham ko’ring.

Buning imkoni bo’lmasa, qadrdonlar bilan kafelarda yig’ilish mumkin. Ishonavering, yaxshi do’stlarning ikki og’iz suhbati barcha muammolarning unut bo’lishiga, hafta davomida yig’ilib qolgan salbiy hissiyotlarning “erib” ketishiga, ko’tarinki ruhiyatga ega bo’lishga ulkan hissa qo’shadi.

10. Kayfiyatni ko’taruvchi narsalar haqida eslash

Bu usulning afzalligi – u tasavvurdan boshqa hech narsani talab etmaydi. Undan har qanday vaqtda foydalanish mumkin – jamoat transportida, uzun navbatda va hokazo. Tanaffus vaqtlarida osmonga qarab, yaxshi hayol surish, yoqtirgan narsalar haqida o’ylash kerak.

Bu xobbi, sevimli kitoblar, uy hayvonlari bilan sodir bo’lgan kuligili voqealar, kiyinish uslubi, musiqalarning ma’nosi va boshqalar bo’lishi mumkin. Ijobiy va ko’tarinki ruhiyat esa o’zini uzoq kuttirmaydi.

O’zingizga yaqin bo’lgan usullarni tanlang va vaziyatga qarab har qanday vaqtda kayfiyatni boshqarishni o’rganing. O’ta tushkun holatlarda yuqoridagi usullarning bir nechtasidan foydalanish mumkin. Tajribalar o’tkazing, sinab ko’ring, harakat qiling va tez orada fikrlaringiz va his-tuyg’ularingiz ustidan to’liq nazoratni qo’lga kiritasiz.

2
Загрузка...
Loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *