Telegramda spamdan chiqish uchun nima qilish kerak — yo’riqnoma
Ko’p hollarda foydalanuvchi spam uchun telegrammda «bloklab» qo’yiladi, bunday vaziyatda nima qilish kerakligini esa aslo bilmaydi. Agar siz har kuni o’nlab foydalanuvchilarning tinchini buzadigan kishi bo’lmasangiz, telegram administratorlari sizga albatta bu muammoni hal qilishda yordam beradi.
Spamga tushib qolish sababini bilish uchun maxsus botga yozishingiz mumkin. U sizga cheklov qo’yilishning aniq vaqtini taqdim etadi, siz esa o’sha kundan oldin nima qilganingizni yodga olishingiz mumkin.
Eng keng tarqalgan sabab — notanish foydalanuvchilarga ommaviy xabarlar yuborishdir. Har kim ham bezovta qiladigan xabarlarni yoqtirmaydi — ular shunchaki ustingizdan shikoyat qilishgan bo’lishlari mumkin.
Ko’plab shikoyatlar administratorlar uchun signal bo’lib xizmat qiladi — moderatorlar foydalanuvchini vaqticha bloklab qo’yishadi. Agar siz akkauntdan foydlanishda davom etmoqchi bo’lsangiz, 1 hafta kutish kerak. Bu davr moderatorlar cheklovni bekor qilishga rozi bo’lishlari uchun yetarlidir.
Agar siz telegramdan chindan ham spam uchun foydalangan bo’lsangiz, endida faqat kutish talab etiladi. Moderatorlar, hatto texnik qo’llab-quvvatlash xizmatiga uzr so’rab murojaat xati yozsangiz ham cheklovni darhol olib tashlay olmaydi.
Messenjerning rasmiy veb-saytida har qanday holatda ham kamida hafta kutish kerakligi qayd qilingan. Agar bu muddatdan oldin xat yuboradigan bo’lsangiz, qo’llab-quvvatlash xizmati shunchaki javob bermaydi.
Spamdan chiqish usuli
Agar hech qanday qoidani buzmaganingizga amin bo’lsangiz, portalning rasmiy pochta manziliga murojaat qiling. Muhim dalillar mavjud bo’lsa, akkauntdagi cheklov darhol olib tashlanishi mumkin. Shuni esda tutingki, javob darhol kelmasligi mumkin — texnik operatorlar butun dunyo bo’ylab joylashgan kichik guruhdan iborat. Ba’zi hollarda foydalanuvchilar javob olguncha spamdan chiqib bo’lgan bo’ladi.
Ba’zida xabar ketmasligi telegram serverlarida olib borilayotgan texnik ishlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Muammo birinchi marta yuzaga kelayotgan bo’lsa, 10-15 daqiqadan keyin qayta urinib ko’rish kerak.
Agar foydalanuvchi doimiy ravishda spam qilishda davom etsa, u abadiy cheklov ostida qolish ehtimoli mavjud. Bunday holda texnik qo’llab-quvvatlash yordam bermaydi. Yagona usul — bu yangi akkaunt ochish.
Agar bloklanish sababini bilmoqchi bo’lsangiz, telegramda spam-bot`ga yozishingiz mumkin. U bunday vaziyatlarda nima qilish kerakligi, cheklov sababi va davomiyligi bo’yicha batafsil ko’rsatma beradi. Amallar ketma-ketligi:
- Qidiruv maydoniga @spambot so’zini kiriting.
- Suhbatni boshlash uchun bot ustiga bosing.
- Botning bergan javobi bilan tanishib chiqing.
salom
Zor
Man hech kimni tinchini buzmadim iltimos spamdan chiqarilar