Uy sharoitida sochlarni bo’yash — tabiiy bo’yoqlar, sochni qoraytiruvchi vositalar
Uy sharoitida sochni tim qora qilib bo’yash uchun nima qilish kerak? Bu savol ko’pchilik tomonidan berilishi mumkin. Oqargan…

Har kuni oddiy tugilgan yoki yoyilgan sochlar bilan yurib, soch turmaklari yoki «ukladka» qilish uchun go’zallik salonlariga borasizmi? Endi uy sharoitida ayollar soch turmaklari qilishni o’rganish ham mumkin.
Hozirgi vaqtda YouTube mavjudligi bu muammoni bir-ikki deganda hal qiladi. Endi soch turmaklari qilishni o’rganish uchun ko’p pul sarflash va maxsus kurslardan o’tish shart emas. Butun dunyodagi bloggerlar har qanday mavzuda yuqori sifatli va aniq javob beradigan videoroliklar joylab borishadi.
Internet va bir necha soat bo’sh vaqt mavjudligi bo’sh vaqtni foydali va samarali o’tkazishga yordam beradi. Bunda chet tillarini minimal darajada bilish kifoya, chunki hatti-harakatlar so’zsiz ham tushuniladi. Turmaklarning qanday qilinishini so’z bilan tushuntirish qiyin. Shu sababli maqolada ayollar soch turmaklariga bag’ishlangan eng yaxshi Youtube kanallar haqida so’z yuritiladi.

Bu qizning asl ismi Ni bo’lib, u Youtube`da eng mashhur bloggerlardan biri. Hozirda uning kanalida taxminan 1,5 million obunachi mavjud. Ko’pincha uni yaponiyalik deb o’ylashadi, lekin u o’zi Vankuver, Kanadada tug’ilgan va o’sha yerda yashaydi.
Hozirda Ni o’z faoliyat doirasini kengaytirgan va uslub va pardoz haqida ham videolarni yuklamoqda, biroq Bebexo kanalining asosiy xususiyati — soch turmagadir. Uning pleylistida uzun va kalta sochlar uchun mutlaqo har qanday tadbirga mos keladigan soch turmaklarini topishingiz mumkin. Videoblogdan tashqari, u boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham blog va akkauntlarini yuritadi.

Youtube: https://www.youtube.com/user/bebexo/
Blog: https://www.justbebexo.com/
Instagram: https://instagram.com/neebebe

Video darslarga qiziqqan qizlarning aksariyati bu kanal bilan tanish bo’lishsa kerak. Bu kanal besh farzandning onasi Mindi Mak-Nayt tomonidan ochilgan. Bunga turtki bo’lib u qizlariga qilgan soch turmaklarining maktabda ko’plab muhokama qilinishi xizmat qildi.
Mindining Youtube kanali 3 milliondan ortiq obunachiga ega. Xursand qiladigan tomoni shuki, mashhurlikka erishishiga qaramay, kanalning mohiyati o’zgarmadi. Videolarning barchasi turli yoshdagi ayollar va qizlar uchun chiroyli soch turmaklarini o’rgatishga mo’ljallangan.

Youtube: https://www.youtube.com/user/CuteGirlsHairstyles/
Blog: http://www.cutegirlshairstyles.com/
Instagram: https://instagram.com/CuteGirlsHairstyles

Luxy Hair kanalini ikki opa-singillar — Mimi va Leyla — sun’iy sochlar sotish bo’yicha loyihasini qo’llab-quvvatlash tufayli ochishgan. Ular asli Ozarbayjondan, lekin o’smirlik davrida Kanadaga ko’chib o’tishgan.
Hozirda kanal faqat stilistlikka o’qigan Mimi tomonidan yuritadi (u Londonga ko’chib o’tgan, Leyla esa Kanadada qolgan) va uning 2 milliondan ortiq obunachisi mavjud. Luxury Hair kanalidagi videolar nafaqat sifati, balki montaji bilan ham ajralib turadi.

Youtube: https://www.youtube.com/user/LuxyHair/
Blog: https://www.mimiikonn.com/
Instagram: https://instagram.com/mimiikonn
Keyli Melissa

Keyli — Los-Anjeleslik soch turmaklari ustasi. Uning LetsMakeitUp1 Youtube kanali sevimli mashg’ulot sifatida boshlangan. Dastlab u sifati yuqori bo’lmagan oddiy soch turmagi qilinishi videolarini joylab borgan. Ammo obunachilar sonining tobora ortib borayotgani uni kanal bilan yanada jiddiyroq shug’ullanishga ilhomlantirgan.
Hozirda uning kanaliga qariyb 600 ming kishi obuna bo’lgan, Keyli soch turmagi bo’yicha mahorat kurslarini o’rgandi va uni asosiy mashg’ulotiga aylantirdi. Bugungi kunda bu sochlar bilan ishlash uchun eng yaxshi kanallardan biridir. Keyli batafsil video darslardan tashqari, sochlarni parvarish qilish bo’yicha maslahatlar beradi va ajoyib layfxaklar bilan bo’lishadi.

Youtube: https://www.youtube.com/user/LetsMakeitUp1/
Foydalanuvchi: https://www.kayleymelissa.com/
Instagram: https://instagram.com/kayleymelissa
Uy sharoitida sochni tim qora qilib bo’yash uchun nima qilish kerak? Bu savol ko’pchilik tomonidan berilishi mumkin. Oqargan…
Ideal teriga ega parvarishlangan ayol har qanday yoshda ham go’zal ko’rinadi. Ammo umr yillari, noto’g’ri hayot tarzi, stress,…
Soch to‘kilishi muammosiga har qanday yoshdagi, har qanday jinsdagi kishilar duch kelishadi. Oxirgi 10 yil ichida soch to‘kilishi…
Ko’zingiz ostidagi doiralar tashvishantirmoqdami? Yuzingiz charchagan ko’rinadimi? Yuzingizni tiniq va silliq qilishni xohlaysizmi? Shunday bo’lsa, buning uchun uy…
Uy sharoitida tirnoqlarni bo’yash va chiroyli manikyur qilish uchun sizga pilka, kutikula remuveri, apelsinli tayoqcha, mustahkamlovchi va rangli…
Pardoz yoxud makiyajni zamonaviy, chiroyli va tezkor qilish uchun noodatiy, oddiy va samarali usullar va sirlari bilan tanishing!…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.