Tirnoq bo’yash usullari — tayyorgarlik, tavsiyalar, manikyur sirlari, layfxaklar
Uy sharoitida tirnoqlarni bo’yash va chiroyli manikyur qilish uchun sizga pilka, kutikula remuveri, apelsinli tayoqcha, mustahkamlovchi va rangli lak kerak bo’ladi.
Tirnoqlarni bo’yash qoidalari
Dastavval mavjud bo’lsa eski bo’yoqni artib tashlab, pilka yordamida tirnoqqa kerakli shakl berib oling. Kutikulaning olib tashlanishini osonlashtirish uchun unga remuver surting va qo’llarni iliq suv yordamida vanna qiling.
So’ng tirnoqlarni bo’yash uchun quyidagi ko’rsatmalarga amal qiling:
- Tirnoq plastinkasini yog’lardan tozalash uchun uni lak tozalash vositasi yoki maxsus yog’sizlantiruvchi vosita yordamida artib oling. Bunday vazifani oddiy antiseptik gel yoki suyuq antiseptik ham uddalay oladi. Bu holda mato sifatida kiprikchalari bo’lmagan salfetkalardan foydalanish tavsiya etiladi.
- Dastlab asos qatlamni tekis qilib surting va bir necha daqiqa davomida quritib oling.
- Endi faqat yuqori qatlamni surtish qoldi. Buning uchun bugungi obrazingiga mos keladigan rangli bo’yoqni tanlang. Manikyur tayyor!
Uy sharoitida professional manikyur: 8 ta maslahat
1 Uyda asboblarni dezinfektsiya qilish
Manikyur uchun mo’ljallangan asboblarni uy sharoitida har qanday antiseptik yordamida tozalash mumkin. Spirt eritmasi ham ushbu vazifaning uddasidan chiqa oladi. Har safar manikyurni boshlashdan oldin dezinfektsiyani amalga oshirish juda muhim qadam sanaladi.
2 Bo’yoqni ikki qavatda surtish zarurmi
Bunday usul maqbul tanlov sanaladi. Bu ranglarning to’yinganligini va qoplamning bir tekis bo’lishini ta’minlaydi. Ammo ba’zi laklar bir qavat surtilganda ham ajoyib rang ifoda etadi. Shu sababli masala bahsli bo’lib, barchasi bo’yoqning sifatiga bog’liq.
3 Lak qurishini tezlashtirish
Buning uchun maxsus vositalardan foydalanish mumkin. Ularning aksariyati lak qurishini besh daqiqagacha qisqartiradi.
4 Uyg’ongach lak qoplami shikastlangan bo’lsa
Buni tuzatish juda oson: shikastlangan lak qavati ustidan oddiy yuqori qoplama vositasini surting va uning to’liq qurishini kuting. Bu qavat lakni tekislaydi va tirnoqlarga ko’zni quvontiruvchi ko’rinishni qaytaradi.
5 Kuzda qanday qo’l kremlarini ishlatish lozim
Sovuq mavsumda oziqlantiruvchi kremlardan foydalanish va uni ko’chaga chiqishdan kamida yarim soat oldin surtish tavsiya etiladi. Agar yarim soat kutishga imkon bo’lmasa, himoya uchun qo’lqop kiyish to’g’ri qaror bo’ladi. Birinchidan, bu sumka, palto yoki ko’ylagingizni yog’li dog’lardan himoya qiladi. Ikkinchidan, qo’llar kiyimlardagi kichik ipchalar va ko’chadagi changlarni o’ziga yopishtirib olmaydi.
6 Qo’l terisi qipiqlanishini oldini olish
- Qo’ldagi o’lik terini tozalashda har qanday skrab yordam beradi. Uy sharoitida buning uchun maydalangan qahva yoki uning quyqasidan foydalanish mumkin;
- Bir choy qoshiq qahva va istalgan qo’l uchun kremdan bir osh qoshiq oling va yaxshilab aralashtiring. Ushbu hushbo’y hidli massani qo’llarga yengil massaj harakatlari bilan surting. Muolajani besh daqiqacha davom ettiring;
- Keyin aralashmani iliq suv bilan yuvib tashlang va qo’lga oziqlantiruvchi krem surting. Muhim: muolajadan so’ng tirnoqlarga darhol lak surtish tavsiya etilmaydi, aks holda lak tezda ko’chib ketishga moyil bo’lib qoladi.
7 Lak mustahkam yopishishi uchun nima qilish kerak
Safar davomida lak uzoq saqlanib turishi uchun doimo o’zingiz bilan yakuniy qavat lakini olishni unutmang, ayniqsa salon xizmatiga murojaat qila olish imkoni bo’lmaganda. Tirnoq plastinkasini yog’sizlantirib, himoya qatlami surting, bu asosning uzoq vaqt saqlanishini ta’minlaydi va rangini porloq qiladi.
Agar qoplama yaxshi saqlansa, unda hech qanday nuqsonlar bo’lmasa-yu, ammo tirnoq o’sib, uning asos qismida sezilarli darajada bo’shliq paydo bo’lsa, uni metallik — tilla yoki kumush rangli lak bilan bo’yang. Bu holda o’ziga xos manikyur hosil bo’ladi.
8 Ushbu faslda qaysi rang va shaklni tanlash kerak
Klassik — bir tonli neytral rangli qoplama. Bu har doim ideal sanalib kelgan uslub. Shaklga kelganda, bu mavsumda o’tkir uchli uzun tirnoq urfda ko’rinadi. Ammo barchasi, albatta, individualdir.
Agar siz manikyurning nozik qirralarini o’rganmoqchi bo’lsangiz, yangi boshlovchilar uchun batafsil video dasrlikni ko’rib chiqishingiz mumkin.