Mantiqiy savollar (javoblari bilan) — barcha uchun mos 77+ savol to’plami
Quyida sizga mantiqiy savollar javoblari bilan havola etiladi. Savollar oson yoki qiyin, kulgili yoki o’ta o’ylantiruvchi bo’lishi mumkin. Savolning…

Bugungi kunda cho’ntagida sevimli va ajralmas smartfoni bo’lmagan kishi bo’lmasa kerak. Va ayni paytda insoniyatning eng foydali ixtirolari qanday qobiliyaga ega ekanligini biladiganlar sanoqli. Ushbu maqolada Android platformasida ishlaydigan smartfonlarning 7 eng qiziqarli funktsiyalari haqida batafsil.
Agar Android qurilmangiz uchun qora yoki boshqa yorug’ bo’lmagan fonni tanlasangiz, piksellarning avtomatik yoritilishi o’chadi va telefon yoki planshetning ishlash muddati ancha uzoq davom etayotgani sezish mumkin. Hozirgacha bu xususiyat barcha Android qurilmalarida ishlamaydi, biroq, masalan, Samsungning aksariyat smartfonlarida mavjud. Tekshirib ko’ring!
Ushbu maqolani nafaqat o’qish, balki tinglash ham mumkin — agarda sizda albatta Android bo’lsa. Agar siz ma’lumotni tinglashni afzal ko’radigan kishilar toifasidan bo’lsangiz, sozlamalardagi «Maxsus imkoniyatlar» bandini toping va matnni ovozli o’qish funktsiyasini yoqing.
«Sozlamalar -> Xavfsizlik -> Qurilma administratorlari» menyusiga o’tib, «Androidni masofaviy boshqaruv» bo’limiga o’ting, «Qurilmani masofadan izlash» yonidagi katakchani belgilang. Endi siz smartfoni yo’qotib qo’ysangiz, barcha ma’lumotlarni qayta tiklab, ushbu sayt orqali smartfonni bloklashingiz mumkin bo’ladi.

Agar siz telefoningizni boshqa shaxsga vaqtincha berib turish va ayni paytda smartfon yoki planshetga yuklangan barcha shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlamoqchi bo’lsangiz, «Mehmon rejimi» xususiyatidan foydalaning. Displeyni ikki barmoq bilan pastga torting va ochiladigan tezkor sozlash oynasida yuqori o’ng tomondagi yuqori burchakdagi foydalanuvchi belgisini bosing. Bunda «mehmon qo’shish» funksiyasi paydo bo’ladi va siz ushbu shaxs qurilmada qanday harakatlar bajarishi mumkinligini tanlashingiz mumkin.

Ko’rish o’tkirligi past bo’lgan bo’lgan foydalanuvchhular bu funktsiya ularga qanchalik qulaylik yaratishi mumkinligi haqida bilmasliklari mumkin. Funktisyani faollashtirish uchun shunchaki «Sozlamalar — > Maxsus imkoniyatlar — > Kattalashtirish uchun harakatlar» ga o’ting. Shundan so’ng, ekranning har qanday qismini faqatgina bosish orqali kattalashtirishingiz mumkin.

Turli xil qurilmalardan internetga kirish uchun alohida 3G-modem yoki boshqa qurilma xarid qilish shart emas — smartfoningiz bu vazifani mukammal tarzda bajara oladi. Buning uchun «Simsiz tarmoqlar» sozlamalari oynasida «Hot Spot (точка доступа)»ni tanlang va «WLAN kirish nuqtasi» yonidagi katakchani belgilang.

Android 2.3 Gingerbread`dan boshlab, Google barcha Android qurilmalarda foydalanuvchilar uchun kichik sovg’a yashirib qo’yadi. Uni topish uchun «Sozlamalar»ni oching va «Telefon haqida» yoki «Planshet haqida» bo’limiga o’ting. Android versiyasi ko’rsatilgan satr ustiga bir necha marta tez-tez bosing. Ekranda kichkinagina mashmellou paydo bo’lganda, uni ustiga yana bir necha marta bosing. Ushbu harakatlardan so’ng maxsus mini-o’yin ochiladi.
Siz ham androidning qiziqarli imkoniyatlaridan xabardormisiz? Unda ularni quyida izohlar qoldirish orqali bo’lishing.
Quyida sizga mantiqiy savollar javoblari bilan havola etiladi. Savollar oson yoki qiyin, kulgili yoki o’ta o’ylantiruvchi bo’lishi mumkin. Savolning…
Matematika — qiziqarli va noodatiy fan. Qiziqarli matematika esa kishi aqlini charxlaydi va kundalik hayotda duch keladigan masalalarni…
Qiziqarli topishmoqlar bolalar va kattalarda e’tibor, noodatiy fikrlashni yaxshilaydi, dunyoqarashni kengaytiradi, kayfiyatni ko’taradi. Savollarning ba’zilari chuqur o’ylantirib qo’yadi,…
Salom aziz o’quvchilar! «Qiziqarli savollar va ularning javoblari» — ushbu ma’lumot sizni qiziqtirishi turgan gap. Muvaffaqiyatli kishi, erishilgan…
Mantiqiy masalalar aqlni charxlashning eng yaxshi usulidir. Ular yo’lda ketayotganda bolalarga berish, do’stlaringizning mantiqiy fikrlashini sinab ko’rish uchun…
Mayers-Briggs tipologiyasi (MBTI) — 1940-yillarda Yunga tipologiyasi asosida yuzaga kelgan va AQSh va Yevropada keng tarqalgan shaxs tipologiyasidir.…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.