Yarating, o'rganing, bilib oling

Android sirlari — 90% foydalanuvchi xabarsiz bo’lgan 7 ajoyib funktsiyalar

Android sirlari — 90% foydalanuvchi xabarsiz bo’lgan 7 ajoyib funktsiyalar

Bugungi kunda cho’ntagida sevimli va ajralmas smartfoni bo’lmagan kishi bo’lmasa kerak. Va ayni paytda insoniyatning eng foydali ixtirolari qanday qobiliyaga ega ekanligini biladiganlar sanoqli. Ushbu maqolada Android platformasida ishlaydigan smartfonlarning 7 eng qiziqarli funktsiyalari haqida batafsil.

Energiyani tejashning eng oson yo’li

Agar Android qurilmangiz uchun qora yoki boshqa yorug’ bo’lmagan fonni tanlasangiz, piksellarning avtomatik yoritilishi o’chadi va telefon yoki planshetning ishlash muddati ancha uzoq davom etayotgani sezish mumkin. Hozirgacha bu xususiyat barcha Android qurilmalarida ishlamaydi, biroq, masalan, Samsungning aksariyat smartfonlarida mavjud. Tekshirib ko’ring!

Matnni ovoz bilan ijro etilishi

Ushbu maqolani nafaqat o’qish, balki tinglash ham mumkin — agarda sizda albatta Android bo’lsa. Agar siz ma’lumotni tinglashni afzal ko’radigan kishilar toifasidan bo’lsangiz, sozlamalardagi «Maxsus imkoniyatlar» bandini toping va matnni ovozli o’qish funktsiyasini yoqing.

Smartfonni masofadan boshqarish

«Sozlamalar -> Xavfsizlik -> Qurilma administratorlari» menyusiga o’tib, «Androidni masofaviy boshqaruv» bo’limiga o’ting, «Qurilmani masofadan izlash» yonidagi katakchani belgilang. Endi siz smartfoni yo’qotib qo’ysangiz, barcha ma’lumotlarni qayta tiklab, ushbu sayt orqali smartfonni bloklashingiz mumkin bo’ladi.

«Mehmon rejimi»ni yoqish

Mehmon rejimi

 

Agar siz telefoningizni boshqa shaxsga vaqtincha berib turish va ayni paytda smartfon yoki planshetga yuklangan barcha shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlamoqchi bo’lsangiz, «Mehmon rejimi» xususiyatidan foydalaning. Displeyni ikki barmoq bilan pastga torting va ochiladigan tezkor sozlash oynasida yuqori o’ng tomondagi yuqori burchakdagi foydalanuvchi belgisini bosing. Bunda «mehmon qo’shish» funksiyasi paydo bo’ladi va siz ushbu shaxs qurilmada qanday harakatlar bajarishi mumkinligini tanlashingiz mumkin.

Ekran lupasi

Ekran lupasi

 

Ko’rish o’tkirligi past bo’lgan bo’lgan foydalanuvchhular bu funktsiya ularga qanchalik qulaylik yaratishi mumkinligi haqida bilmasliklari mumkin. Funktisyani faollashtirish uchun shunchaki «Sozlamalar — > Maxsus imkoniyatlar — > Kattalashtirish uchun harakatlar» ga o’ting. Shundan so’ng, ekranning har qanday qismini faqatgina bosish orqali kattalashtirishingiz mumkin.

Modem rejimi

WiFi yoki USB modem

 

Turli xil qurilmalardan internetga kirish uchun alohida 3G-modem yoki boshqa qurilma xarid qilish shart emas — smartfoningiz bu vazifani mukammal tarzda bajara oladi. Buning uchun «Simsiz tarmoqlar» sozlamalari oynasida «Hot Spot (точка доступа)»ni tanlang va «WLAN kirish nuqtasi» yonidagi katakchani belgilang.

Yashirin o’yin

Yashirin o'yin

Android 2.3 Gingerbread`dan boshlab, Google barcha Android qurilmalarda foydalanuvchilar uchun kichik sovg’a yashirib qo’yadi. Uni topish uchun «Sozlamalar»ni oching va «Telefon haqida» yoki «Planshet haqida» bo’limiga o’ting. Android versiyasi ko’rsatilgan satr ustiga bir necha marta tez-tez bosing. Ekranda kichkinagina mashmellou paydo bo’lganda, uni ustiga yana bir necha marta bosing. Ushbu harakatlardan so’ng maxsus mini-o’yin ochiladi.

Siz ham androidning qiziqarli imkoniyatlaridan xabardormisiz? Unda ularni quyida izohlar qoldirish orqali bo’lishing.

22
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.