? Inson haqida qiziqarli faktlar — siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot
Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko’pki, ularni bir sahifaga sig’dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo’ladiganlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o’z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin.
Odam haqida 101 fakt
- Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi — ko’zning shox pardasi. U kislorodni bevosita havodan oladi.
- Inson miyasining sig’imi 4 terabaytdan oshadi.
- 7 oygacha bo’lgan yoshda chaqaloq bir vaqtning o’zida nafas olishi va yutinishi mumkin.
- Bosh 29 ta turli suyaklardan tashkil topgan.
- Miyadan chiqqan nerv impulsi 274 km / soat (76 metr/ soniya) tezlikda harakat qiladi.
- Bitta inson miyasi bir kunda dunyodagi barcha telefonlarga qaraganda ko’proq elektrik impulslar ishlab chiqaradi.
- Inson tanasi tarkibida o’rtacha: bitta itdagi barcha burgalarni o’ldirish uchun yetarli miqdorda oltingugurt; 900 ta qalam tayyorlash uchun yetarli uglerod; o’yinchoq zambarakdan otish uchun yetadigan kaliy; 7 ta sovun tayyorlash uchun yetadigan yog’ va 50 litrli bochkani to’ldirish uchun yetarli suv mavjud.
- Inson yuragi hayoti davomida 182 million litrdan ortiq qonni haydaydi.
- Siz ushbu jumlani o’qishingiz davomida tanangizda 50 mingdan ortiq hujayra o’lib, yangilari bilan almashadi.
- Homila 3 oyligida barmoq izlariga ega bo’ladi.
- Ayollar yuragi erkaklarnikiga qaraganda tezroq uradi.
- Charlz Osborn ismli kishini 68 yil davomida hiqichoq tutgan.
- O’naqaylar chapaqaylarga qaraganda o’rtacha 9 yil uzoq umr ko’radi.
- Odamlarning taxminan 2/3 qismi o’pishganda boshini o’ng tomonga egadi.
- Inson o’z tushlarining 90% ni butunlay unutib yuboradi.
- Inson organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan 100 ming km.
- Bahorda nafas olish soni kuzga qaraganda o’rtacha 1/3 martaga ko’proq bo’ladi.
- Umrining oxiriga kelib, inson o’rtacha 150 trillion bit ma’lumotni eslab qolgan bo’ladi.
- Shokolad insonni aqlliroq qilishi isbotlangan.
- Do’slat bilan vaqt o’tkazish immunitetni mustahkamlaydi.
- Shakar jarohatlarning bitishini tezlashtiradi — agar kichikroq jarohat ustiga shakar sepilsa, u tezroq tuzaladi va og’riq tezroq kamayadi.
- Inson tanasi issiqligining 80 foizi bosh orqali yo’qotiladi.
- Yuzingiz qizarganda, oshqozon ham qizaradi.
- Tashnalik hissi, tana vaznining 1% ga teng bo’lgan miqdorda suv yo’qotilishida yuzaga keladi. 5% dan ko’proq yo’qotish hushdan ketishga, 10% dan ko’proq suv yo’qotish esa o’limga olib kelishi mumkin.
- Inson tanasida kamida 700 ferment faoliyat olib boradi.
- Insonlar — chalqancha yotadigan yagona mavjudotdir.
- 4 yoshli bola kuniga o’rtacha 450 ta savol so’raydi.
- Insonlardan tashqari, koalalar ham unikal barmoq izlariga ega.
- Yer yuzidagi jami bakteriyalarning atigi 1 foizi odamlarda kasallik chaqiradi.
- Sayyoradagi barcha insonlarni tomonlari 1000 metr bo’lgan kubga qulaylikcha joylashtirish mumkin.
- Kindikning ilmiy nomi — umbilikus.
- Tish — inson tanasining o’z-o’zini tiklashga qodir bo’lmagan yagona qismi.
- O’rtacha kishiga uxlab qolish uchun 7 daqiqa vaqt kerak.
- O’naqay kishi ovqatni ko’proq jag’ning o’ng tomonida chaynaydi, chapaqay esa ko’proq chap tomonida.
- Bo’g’imlarni qirsillatish zararli emas va bu artritga olib kelmaydi.
- Dunyoda chapaqaylar butun aholining atigi 7 foizini tashkil etadi.
- Insonning umri davomida boshida o’sadigan sochning jami uzunligi — o’rtacha 725 kilometrni tashkil qiladi.
- Quloqlarini harakatga keltira oladigan odamlar orasida faqat 1/3 qismi bitta qulog’ini harakatga keltirishi mumkin.
- Odam butun hayoti davomida o’rtacha miqdorda 8 ta kichik o’rgimchakni yutib yuboradi.
- Inson organizmida yashovchi bakteriyalarning umumiy og’irligi 2 kg ni tashkil qiladi.
- Tanadagi umumiy kaltsiyning 99% tishlarda.
- Inson lablari barmoqlari uchiga qaraganda yuz marta sezgirroq.
- Bir tomondagi chaynov mushaklarning mutlaq kuchi 195 kg ni tashkil etadi.
- O’pishish paytida, bir kishidan boshqasiga 278 turdagi bakteriyalar o’tadi. Yaxshiyamki, ularning 95 foizi xavfli emas.
- Partenofobiya — bokiralardan qo’rqish.
- Tish emali — inson tanasi tomonidan ishlab chiqarilgan eng mustahkam to’qimadir.
- Agar inson organizmidagi barcha temir to’plansa, u faqatgina soat uchun kichik vint tayyorlashga yetadi.
- Tumov chaqiradigan 100 dan ortiq turli xil viruslar mavjud.
- Boshni devorga urib, soatiga 150 kaloriya yo’qotish mumkin.
- Inson — to’g’ri chiziq chizish qobiliyatiga ega hayvonot olamining yagona vakili.
- Inson terisi hayoti davomida 1000 marta almashtirilgan.
- Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta ko’proq ko’z ochib-yumishadi.
- Inson tanasining tuzilishi faqat 4 mineraldan iborat: apatit, aragonit, kaltsit va kristobalit.
- Haqiqiy ehtirosli bo’sa, miyada parashyutdan sakrash va miltiqdan o’q otish kabi bir xil kimyoviy reaktsiyaga sabab bo’ladi.
- Erkaklar 130 smdan past, ayollar esa 120 smdan past bo’lganda mitti deb hisoblanadi.
- Qo’l barmoqlaridagi tirnoqlar oyoqlarnikiga nisbatan qariyb 4 barobar tezroq o’sadi.
- Ko’k ko’zli odamlar qolganlarga nisbatan og’riqqa ko’proq sezgirdir.
- Inson bosh miyasida 1 soniya ichida 100 ming kimyoviy reaktsiya sodir bo’ladi.
- Bolalar tizza kosachasisiz tug’iladi. Ular faqat 2-6 yoshga kelib shakllanadi.
- Agar bir tuxum hujayradan hosil bo’lgan egizaklar birining u yoki bu tishi bo’lmasa, odatda, boshqa birida xam huddi shu tish bo’lmaydi.
- Inson o’pkasining sirt maydoni taxminan tennis kortining maydoniga teng.
- Kishi hayotining o’rtacha 2 haftasini bo’salar uchun sarflaydi.
- Sariq sochli erkaklarda soqol qora sochli erkaklarnikiga nisbatan tezroq o’sadi.
- Inson organizmida leykositlar o’rtacha 2-4 kun davomida yashaydi, eritrositlar esa 3-4 oy.
- Inson tanasidagi eng kuchli mushak tildir.
- Insonning yuragi kattaligi taxminan uning mushti kattaligiga tengdir. Katta yoshdagi kishi yuragining og’irligi 220-260 gramm atrofida.
- Tug’ilganida, inson miyasida 14 milliard hujayra mavjud bo’lib, o’limgacha bu raqam oshmaydi. Aksincha, 25 yoshdan keyin ular kuniga 100 mingtagacha kamayadi. Kitobning sahifasini o’qish uchun sarflangan bir daqiqada insonda o’rtacha 70 ta hujayra nobud bo’ladi. 40 yildan keyin miyaning degradatsiyasi keskin ravishda tezlashadi va 50 yoshdan so’ng neyronlar (nerv hujayralari) qurib, miyaning hajmi kichrayadi.
- Tug’ilganda, bolaning tanasida taxminan 300 suyak bo’ladi, katta bo’lganida esa ular 206 tani tashkil etadi.
- Insonning ingichka ichaklari uzunligi tirikligida taxminan 2,5 metrni tashkil qiladi. O’lganidan so’ng, ichak devorining mushaklari bo’shashishi natijasida uning uzunligi 6 metrga yetadi.
- O’ng o’pkaning chap o’pkaga nisbatan o’ziga ko’proq havo sig’dirishi mumkin.
- Katta yoshli kishi kuniga 23 ming marta nafar nafas oladi (va chiqaradi).
- Erkak organizmidagi eng kichik hujayralar — spermatozoidlar hisoblanadi.
- Inson og’zida 40 ming atrofida bakteriya mavjud.
- Odamlar organizmida taxminan 2000 ta ta’m bilish retseptorlari mavjud.
- Inson ko’zi 10 million rangni ajrata oladi.
- Sevgidan ekstazga mas’ul bo’lgan kimyoviy birikma (feniletilamin) shokoladda ham mavjud.
- 2008-yilda og’riq qoldirish uchun platsebo ta’siri o’rganiladigan bir tajriba o’tkazildi. Ko’ngillilarga og’riqni qoldirish uchun ikki turdagi platsebo berildi — birinchisining narxi 10 sent, ikkinchisiniki esa 2,5 dollar edi. Tajriba birinchisi og’riqni 64 foizga, ikkinchisi esa 85 foizga kamaytirishini ko’rsatdi. Xulosa: qimmat platsebo arzoniga nisbatan samaraliroq ishlaydi.
- Inson yuragi qonni 4-qavatgacha ko’tarish uchun yetarli bo’lgan bosim hosil qiladi.
- Tushda odam televizor tomosha qilish vaqtidagidan ko’ra ko’proq kaloriya yoqadi.
- Bahorda bolalar tezroq o’sadi.
- Har yili mingdan ortiq chapaqaylar o’naqaylar uchun mo’ljallangan mexanizmlarni ishlatishda xatolik tufayli vafot etadi.
- Kishi kulganida 17 mushak ishlaydi, xo’mrayganida esa 43 ta.
- 60 yoshga kelib, ko’pchilik odamlar o’z ta’m bilish retseptorlatining yarmini yo’qotadilar.
- Samolyotda parvoz paytida odamning soch o’sish sur’ati ikki baravar tezlashadi.
- Insonlarning 1% infraqizil nurlar, 1% esa ultrabinafsha nurlarni ko’rishga qodir.
- Agar kishi butunlay yopiq xonada qamab qo’yilsa, bu holda u havo yetishmasligi tufayli emas, balki karbonat angidriddan zaharlanish tufayli nobud bo’ladi.
- Statistikaga ko’ra, har 2 milliard kishidan bittasi 116 yildan ko’proq umr ko’radi.
- Kishi 24 soat ichida o’rtacha 4 800 so’z gapiradi.
- Ko’z ichidagi to’r parda taxminan 650 kv. mm.ni qamrab oladi va 137 million fotosensitiv hujayralarni o’z ichiga oladi: oq-qora ko’rish uchun 130 million tayoqcha va rangli ko’rish uchun 7 million kolbachalar.
- Kishi ko’zlari tug’ilganidan boshlab bir xil o’lchamda qoladi, lekin burun va quloqlar hech qachon o’sishdan to’xtamaydi.
- Ertalab kishining bo’yi kechqurunga qaraganda 8 mm yuqoriroq bo’ladi.
- Ko’zning fokus olish mushaklari kuniga 100 ming marta harakatlanadi. Oyoq mushaklarining shuncha marta qisqarishi uchun bir kunda 80 km piyoda yurish kerak.
- Yo’tal — 100 km / soatgacha bo’lgan tezlikda harakatlanadigan havo portlashi.
- Nemis tadqiqotchilarining fikriga ko’ra, yurak xuruji xavfi dushanba kuni boshqa kunlarga qaraganda ko’proq ekan.
- Suyak po’latdan 5 marta mustahkamroq.
- Ochiq ko’z bilan aksa urish ilojsiz.
- Tirnoqning et ichiga o’sib kirishi — nasldan-naslga o’tadigan xususiyatdir.
- Normal odam ochlikdan ko’ra uyqusizlikdan tezroq vafot etadi. Uyqusiz bo’lganda o’lim 10 kun ichida sodir bo’ladi, ochlikdan esa — bir necha hafta o’tgach.
- O’rtacha umr davomiyligi — 2 475 576 000 soniyani tashkil etadi, bu vaqt ichida odam o’rtacha 123 205 750 so’z aytishga ulguradi.
- Kulgich bo’lishi uchun operatsiya qilish shart emas. Buning uchun maxsus mashqlar mavjud.
- Olma va bananlarning hidi ozishga yordam beradi.
Admin blan qanday bog’lansam bo’ladi