Kubik rubik terishni o’rganish — formulasi, yig’ish algoritmi +rasmlar, sirlari
Kubik rubikni terishni o’rganish istagida bo’lganlar uchun terish sxemasi va sirlari. 3×3 kubik uchun instruktsiya 7 bosqichdan iborat bo’lib, uni to’liq tushunib olish uchun 45-60 daqiqa yetarli bo’ladi. Demak, boshladik.
Diqqat qiling! Sizning kubik rubigingiz qismlarga bo’linib, qayta terishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lishi mumkin. Bunday holatda quyidagi formula bo’yocha kubikni tera olmaysiz. Agar terishni uddasidan chiqa olmasangiz, dastavval uni qismlarga bo’lib, qo’l yordamida ranglarini to’g’ri qilib terib olish tavsiya etiladi.
Tayyorgarlik ko’rish bosqichi. Asosiy tushunchalar
Birinchi bo’lib Rubik kubigining tuzilishi bilan tanishib olish kerak. Uni muvaffaqqiyatli terish uchun u qanday tuzilganligi, nimadan tashkil topganligi, qay tarzda aylanishi va uning alohida qismlari qanday nomlanishini bilish muhim. Demak, kubikning elementlari:
Kubikning markazlari — 6 dona. Har biri alohida ranglarda. Markazlar bir-biriga nisbatan harakatlanmaydi. | Kubikning o’rtaliqlari — 12 dona. Qovurg’a elementlarning har biri ikkitadan rangga ega. | Burchaklari — 8 dona. Burchak elementlari 3 xildagi rangli tomonlarni o’zida mujassam etadi. | Karkasi — kubik markazlari karkasga mahkam qilib qotirilgan va bir joydan siljimaydi. |
Kubikning chetlari (yon tomoni) — 9 element bo’lib, ular bir vaqtning o’zida birga aylantirish mumkin. Har bir tomon uning inglizcha nomlanishidan kelib chiqib belgilanadi.
U — Up. Yuqori tomoni. D — Down, pastki tomoni. | L — Left. Kubikning chap tomondagi joylashgan 9 elementi. | F — Front. Kubikni yuzaki tomonida joylashgan 9 element. | R — Right. Kubikning o’ng tomonidagi 9 element. |
Burishlarni belgilash. Barcha burilishlar soat yo’nalishi yoki unga qarshi yo’nalish bo’yicha 90° ga burishni nazarda tutadi.
L — kubikning chap tomonini soat millari bo’ylab 90 gradusga burish. R — huddi shu tarzda o’ng tomonni burish. |
U — yuqori tomonni soat millari yo’nalishida 90 gradusga burish. D — shu tarzda pastki tomonini burish. |
F — yuzaki tomonini soat millari yo’nalishida 90 gradusga burish. | ‘ — shtrix kubik tomonini soat millarga qarshi yo’nalishda burish kerakligini anglatadi. |
Tavsiya. Kubikni qo’lga olgach, burilayotgan tomonini yuzingizga qaratib olish orqali uni qaysi tarafga — soat yo’nalishi bo’yichami yoki qarshiligini tushunib olish oson bo’ladi. Quyida formulalarda R2, L2, F2 kabi yozuvlarni ko’rish mumkin, bu o’sha tomonni 2 marta burish kerak degani, ya’ni 180 gradusga.
Kubik rubikni terish
Birinchi formula «To’rtlik» deb nomlanadi.
Qizil-ko’k-sariq rangli bo’lgan burchakni toping. Kubikni shunday ushlangki, shu tomon rasmdagidek yuqori o’ng tomonda bo’lsin. Markaziga ham e’tibor bering. U sizga yuzlanib turishi kerak (hozirgi holatda u sariq rangli, sizda boshqa rang bo’lishi mumkin, uni eslab qoling). | R’ D’ R D Ushbu kombinatsiyani bajaring va natijaga qarang. Yuqoridagi burchak pastga tushdi. Sariq (ushbu namunada) rangli markaz hali ham bizga yuzlanib turibdi. Kubikni aynan shu tarzda saqlang. |
R’ D’ R D ushbu kombinatsiyani yana bir marta takrorlang va natijaga qarang. Endi o’sha burchak yuqoriga chiqdi, biroq uning ranglari joylashuvi almashdi. |
Xulosa: burchak tepa-pastga chiqib tusha oladi va ranglarini joylashuvi almashadi. Agar ushbu kombinatsiyani yana 4 marta bajarsangiz, burchak o’zining dastlabki holatiga qaytadi. |
1-bosqich
Kubik rubikni yig’ish birinchi qavatni terib olishdan boshlanadi. Buning uchun markazi sariq rang bo’lgan tomonga o’rtaliqlar keltirilib, ‘+‘ shaklida qilib terib olinadi. E’tibor bering, o’rtaliqda ikkita rang bo’ladi, uning biri sariq rangga to’g’ri kelsa, ikkinchisi boshqa tomondagi markazning rangi bilan to’g’ri kelishi kerak (1-rasmda ko’k va qizilga to’g’ri kelgani kabi).
1-rasm | 2-rasm | 3-rasm | 4-rasm |
Rasmga e’tibor bering. Qovurg’aning birinchi tomoni sariqqa mos kelsa, ikkinchi tomoni qizil bo’lganda, qizil rangli markazga mos keladi. | Dastlab Sariq-Ko’k rangli o’rtaliqdan boshlaymiz. Avvalo uni kubikdagi joylashuvini topib olamiz. Kubikni sariq markazi yuqoriga, ko’k ranglisi bizga qarab turgan qilib ushlaymiz. | Birinchi qadam — o’rtaliqni bizga kerakli bo’lgan tomon — pastga tushirib olish. Bizning holatda buning uchun R qilish kifoya. | Ikkinchi qadam — pastda joylashgan o’rtaliqni ko’k rangli markaz bilan birlashtirish. Bizning holatda bu D’. |
5-rasm | 6-rasm | 7-rasm | 8-rasm |
Uchinchi qadam — o’rtaliqni kerakli joyga ko’tarish. Buning uchun F2 qilish kerak. Ana endi o’rtaliq o’z joyiga keldi. Ammo… | Mana bunday holat ham yuz berishi mumkin edi. Bu holda o’rtaliq «teskari» turipti. Uni tuzatish uchun F U’ R U qilish kerak. | Endi kubikni keyingi (qizil) yuza tomonini o’zimizga qaratamiz. Sariq markaz yuqorida. Qizil-sariq rangli o’rtaliqni teramiz. Hammasi oldingidek qadamlar bilan amalga oshiriladi. Keyin sariq-yashil va sariq-to’q sariq. | Bir nechta o’rtaliqlar o’z joyiga keltirilganidan so’ng, navbatdagi o’rtaliqni pastga tushirish oqibatida yuqorida turganini buzib yuborish mumkindek tuyuladi. R’ D’ R kombinatsiyasi qilinsa, o’ng tomondagi yuqori sariq o’rtaliq yana o’z joyiga qaytadi. |
2-bosqich
Endi yuqoridagi burchaklarni o’z joyiga qo’yish kerak bo’ladi. Bunda ham burchakning ranglari e’tiborga olinadi. Misol uchun, sariq-ko’k-qizil rangli burchak bir tomon markazi qizil, bir tomon markazi ko’k bo’lgan joyga keltirilishi kerak. Tartib quyidagicha:
9-rasm | 10-rasm | 11-rasm | 12-rasm |
Ushbu bosqichda erishish kerak bo’lgan natija. Yuqori qismning barcha burchaklari va o’rtaliqlari o’z joyida. | Qizil-ko’k-sariq burchakdan boshlaymiz. Sariq rangli markazni yuqori tomonda qilib ushlagan holda kerakli burchakni qidiramiz. Birinchi variant — u pastda joylashgan. | Ikkinchi variant — u yuqorida. Kubikni bizga kerakli burchak o’ng tomon yuqorida joylashadigan qilib olamiz. Burchakni bizga tanish bo’lgan formula — R’ D’ R D qilib pastga tushiramiz. | Izlanayotgan burchak o’z joyiga kelguncha kubikning pastki tomonini aylantiramiz. Pastga kelgach, u o’z joyiga chiqquncha 1 martadan 5 martagacha R’ D’ R D qilamiz. Shu tarzda qolgan burchaklarni yuqoriga chiqaramiz. |
Demak, ikkinchi bosqich strategiyasi: kerakli burchakni pastga tushirish, mos keladigan joyning pastiga olib kelish va o’z joyiga chiqquncha «To’rtlik»ni bajarish.
3-bosqich
13-rasm | 14-rasm | 15-rasm | 16-rasm |
3-bosqichning natijasi. Bu bosqichda 4 ta o’rtaliqni o’z joyiga qo’yish kerak. | Kubikni teskari qilamiz. Endi terilgan sariq tomon pastda joylashadi, yuqorida esa oq rangli markaz bo’ladi. Endi kubikni terishni oxirigacha aynan shu tarzda ushlanadi. | Yuqori qavatda bir tomonida oq rang bo’lmagan o’rtaliq topiladi. Masalan yashil-to’q sariq. Endi o’rtaliqning yashil tomoni yashil markaz bilan to’g’ri kelguncha yuqori tomon (U) aylantiriladi. | Agar yashil tomon to’g’ri kelmaydigan bo’lsa, to’q sariq rangli tomon to’q sariq markaz bilan to’g’rilanadi. Ya’ni bizda ikkita variant bo’lishi mumkin. |
17-rasm | 18-rasm | 19-rasm | 20-rasm |
U’ L’ U L U F U’ F’ Agar o’rtaliq pastga va chapga tushishi kerak bo’lsa, yuqoridagi amallar bajariladi. Yashil rangli markaz sizga yuzlangan bo’lishi kerak. |
U’R’ U R’ U’ F’ U F Agar o’rtaliq pastga va o’ng tomonga tushishi kerak bo’lsa, yuqoridagi amallar bajariladi. To’q sariq markaz sizga tomon yuzlanishi kerak. |
Odatiy holat — qidirilayotgan markaz o’z joyida, faqat teskari ranglar bilan. Bu holda 17 yoki 18 qadamdagi amal bilan kerakli rang joyidan «urib chiqariladi». | Kerakli o’rtaliq yuqoriga chiqadi va to’g’rilab olgan holda qaytadan o’z joyiga qo’yiladi. |
Ushbu bosqichning strategiyasi: kerakli o’rtaliqni topamiz, yuqori tomonni aylantirgan holda undagi rang bilan markaz rangini moslab olamiz va formulalardan biri bilan uni o’z joyiga tushiramiz. Ushbu algoritmni barcha 4 ta o’rtaliq uchun bajaramiz. E’tibor bering! Ikkinchi qavatni terish davomida birinchi qavatda ranglar o’zgarib ketmaydi.
4-bosqich
Ushbu bosqichda eng so’nggi qavatda «noto’g’ri» plyus terish bilan shug’ullanamiz.
21-rasm | 22-rasm | 23-rasm | 24-rasm |
F R U R’ U’ F’ — 1, 2 yoki 3 marta bajariladi. Agar yuqori qavatdagi oq «+» ga qaralsa (burchaklaridagidan tashqari), ular yuqoridagi rasmlardan biridagi kabi shaklda joylashgan bo’lishi mumkin. Bizning maqsad — 24-rasmdagi kabi natijaga erishish. Oldingi holatdan keyingi holatga o’tish bir xil formula yordamida amalga oshiriladi — F R U R’ U’ F’.
Diqqat, kubikni rasmdagidek holatda ushlash kerak. Masalan, sizda 22 rasmdagi holat bo’lsa, oq rangli o’rtaliqlardan iborat burchak orqa va chap tomonda bo’lishi kerak. Agar 23 rasmdagidek bo’lsa, chiziq sizga nisbatan gorizontal joylashmog’i lozim.
Nima qilish kerak? «Aytilgan amallarni bajardim, biroq 3 qavatda keltirilgan rasmdagi holatning birontasi ham menda kuzatilmadi». Bunday bo’lmasligi kerak, demak sizning kubigingiz qismlarga ajratilgan va xato qilib qayta terilgan. Uni qismlarga ajratib, boshqatdan to’g’ri qilib tering.
5-bosqich
Endigi navbatda «to’g’ri» plyus teramiz.
25-rasm | 26-rasm | 27-rasm | 28-rasm |
Ushbu bosqichda erishish kerak bo’lgan natija. | Ranglarning hech bo’lmaganda IKKITASI markazdagi ranglar bilan to’g’ri kelguncha yuqori qavat aylantiriladi. Bunda keyingi ikki holatdan biri (27 yoki 28 rasm) yuz berishi mumkin. | Ikkita qarama-qarshi yotgan o’rtaliqlar o’z o’rniga tushadi (bizda oq-ko’k va oq-yashil ranglar). Bu holda ularni kubikni chap va o’ng tarafida joylashadigan qilib R U R’ U R U2 R’ bajariladi va 28 rasmdagi holatga keltiriladi. | Ikkita o’z joyiga tushgan ranglar burchak ostida bo’ladi (bizda oq-ko’k va oq-to’q sariq). Endi qolgan ikkita rangni o’z joyiga tushirish kerak. Buning uchun o’z o’rniga tushgan ranglar kubikning orqa va o’ng tomonlarida joylashadigan qilib ushlanadi (rasmdagi ko’k-to’q sariq burchak kabi). Keyin R U R’ U R U2 R’ U qilinadi. |
6-bosqich
Navbat yuqori qavatning burchaklarini o’z joyiga keltirishga. Kubikda biron burchak (ranglari o’rni almashgan bo’lsa ham, aylantirganda markazlarga to’g’ri kelsa bas) 30 rasmdagi kabi o’z joyida bo’lishi yoki barchasi boshqa joylarda turgan bo’lishi mumkin.
29-rasm | 30-rasm | 31-rasm | 32-rasm |
U R U’ L’ U R’ U’ L Ushbu kombinatsiyani bajaring va burchaklardan hech bo’lmasa bittasi albatta o’z joyiga tushadi, ya’ni siz 30 rasmdagi holatga kelasiz. |
Bitta burchak o’z joyida. Endi qolganlarini o’zaro qaysi tomonga almashtirsa, ular o’z joyiga tushishini aniqlash kerak: 31 rasmdagi kabi soat yo’nalishiga qarshimi yoki 32 rasmdagi kabi soat yo’nalishi bo’ylabmi. | Variant 1. Uchta o’z joyiga tushmagan burchaklar soat yo’nalishiga qarshi qilib o’zaro almashtirilsa o’z joylariga tushadi. Bu holda hozirda o’z joyida bo’lgan burchakni o’zimizga qaratib o’ng tomon yuqorida qilib ushlaymiz va U R U’ L’ U R’ U’ L qilamiz |
Variant 2. O’z joyida bo’lmagan uch burchak o’zaro soat yo’nalishi bo’ylab almashtirilsa joyiga keladi. Bu holda hozirda o’z joyida bo’lgan burchakni o’zimizga qaratib chap yuqori tomonda qilib ushlaymiz va U’ L’ U R U’ L U R’ qilamiz |
Ushbu bosqichda bildiriladigan eng ko’p e’tiroz: «Formula noto’g’ri». Bu formula ko’p yillardan buyon mavjud, u minglab marta tekshirilgan. Agar natija rasmdagidek bo’lmasa, hammasini boshqatdan boshlash kerak, yaxshiroq e’tibor berish kerak. Vaqt o’tishi bilan tushuncha kela boshlaydi.
7-bosqich
Va nihoyat, so’nggi bosqich. Barcha burchaklar o’z joyida turipti, endi ularni ranglari tomonlarini almashtirish kerak. Bu juda oson — bizga maqolaning boshida esga olingan «To’rtlik» formulasi yordam beradi. Ushbu bosqichda eng muhimi — diqqatni jamlash, shuningdek kubikni to’g’ri ushlash.
33-rasm | 34-rasm | 35-rasm | 36-rasm |
Qizil-ko’k-oq rangli burchakdan boshlay qolaylik. Kubikni shunday ushlash kerakki, uni ushbu burchagi sizga qarasin va o’ng tomon yuqorida joylashsin. Burchakning barcha ranglari o’z tomoniga mos kelguncha 2-4 marta «To’rtlik» bajariladi. | Qizil-ko’k-oq rangli burchak ranglari moslashdi, lekin kubikning boshqa qismlari «buzilib» ketdi. Vahimaga o’rin yo’q — shunday bo’lishi kerak. Yuqori qismni aylantiring — endi oldingizda navbatdagi burchak. Diqqat!!! Barcha amallar davomida kubikning qizil rangli markazi sizga yuzlanib turishi shart. | R’ D’ R D Qarshingizda keyingi, to’q sariq-ko’k-oq rangli burchak. Uni ham «To’rtlik» bilan o’z joyiga tushiramiz. Agar navbatda kelgan burchak tayyor terilgan bo’lsa, yuqori tomonni yana bir bor aylantirib, uni shunchaki o’tkazib yuboramiz. |
Barcha 4 burchak terib bo’lingach, mo’jiza ro’y beradi — kubikning barcha elementlari terilgan holga keladi. |
O’ng tomon yuqoriga ko’tarilgach, rang mos kelib qolsa, to’rtlikning so’nggi amali, D ni bajarish qolib ketmasligi kerak.
Tabriklaymiz. Siz buni uddaladingiz!
Ajoyib. Boshida 5-6 marta adashib ketdim, lekin keyin oxiri terildi. Gap yo’q. Odam 10-15 marta tersa qanday ishlashini ham tushunib olarkan. Oxirida rostanam buzilib ketadimi desam, yoq terildi. 5+
Kubik Rubik yasaganizi video olib joʻnatvorin iltimos 93 545 49 **
1-bosqich ni 3-qadami yoq ekan bu yerda topa olmadim!?
Matnda xatolik ketgan. Tuzatildi)
Barchasi tog’ri bo’ldi, lekin 7-bosqichda o’xshamayapti. Shuni qaytadan aniqroq qilib tushuntirsangiz.
qoyil alo darajada ekan shahsan menga yoqdi