Tushda ari ko’rish — hasharot chaqishi, uning uyasi va boshqalar ta’biri
Ari — shafqatsiz dushmanlarni aks ettiradi. Agar tushda kishini ari chaqib olsa — bu raqobatchilarning hasad va nafratini anglatadi. Ularni o’ldirish — dushmanlar ustidan g’alaba qozonishga. Ba’zan bunday tush uzoq davom etgan do’stlikning buzilishi yoki moddiy yo’qotishlar deya talqin qilinadi.
Tushda ari ko’rish ta’biri
- Agar tushda ari chaqishidan oldin qo’l bilan cho’chitib yuborilsa — dushmanlarning hiyla-nayranglarini sezib qolib, buni oldini olish mumkin bo’ladi.
- Arilar uyasini topib olish — tez orada hamkasblaringiz sizga yomon munosabatda bo’lishi va martabangiz o’sishiga to’sqinlik qilayotganidan darak topasiz.
Arilar to’dasi — rahbariyat sizni katta hurmat bilan qabul qiladi va hamkasblaringizning intrigalariga qaramasdan, martabangiz oshishiga hissa qo’shadi va rag’batlantirib boradi. Agar tushda arilar to’dasi sizni qurshab olsa, unda ish joyingizni tark etishga majburlaydigan bunday noxush voqea yuz beradi.
Mushukning burnidan chaqmoqchi bo’layotgan arini qochirayotganini ko’rish — yaqin kishilar deb hisoblaydiganlardan ehtiyot bo’lishingiz kerak. Mehribonligingizdan foydalanib, ular sizga zarar yetkazishlari mumkin. Agar mushuk buni uddalay olmasdan, suvga sakrasa, dushmanlar sizga muammo tug’dirish uchun har narsaga tayyor ekanligi belgisi.
Miller tush kitobi: Ari
- Bu hasharotlar sizni shafqatsiz jazolash va yomon niyat bilan tuhmat qilishga shay dushmanlarni anglatadi.
- Teridan uning nishini chiqarib olish — jinsiy hayotda noqulayliklar sezilayotganidan darak. Buni tomonlar o’zaro hal qilib olishlari kerak.
- Tushga qovoqari kirsa — keraksiz chiqimlar, do’stlarning ahvolidan tashvishlanish aksi. Agar u tishlamasdan uchib ketadigan bo’lsa, tashvishlar yaqin orada o’z ma’nosini yo’qotadi.
- Turmush qurgan ayollar uchun bunday tush erning xiyonatidan ogohlantirishi mumkin. Barchasi ayolning qo’lida — munosabatlarni ilitishga harakat zoe ketmaydi.
- Asalarilar uyasiga asal olish maqsadida qo’l suqish — yaqin insonlardan ko’ngil qolishi. Hozirda faqat o’z kuchlaringizga tayanishingiz kerak.
- Ari uyasida bironta ham hasharot bo’lmasa — jiddiy yo’qotishlarga. Biroq umidsizlikka tushmaslik kerak. Halol mehnat yo’qotishning o’rnini tezda to’ldiradi.
Asalari odam boshida in qursa uzini boshida nima degani?? Bir turdagi emas har hil turdagi arilar???
Tuwda ari talab turgan vaqtda yomgir yogiwi