Kartoshkali chips retsepti — uy sharoitida tayyorlash usullari, sirlari, tavsiyalar
Kartoshkali chipslar tarixi XIX asrga borib taqaladi, bu taomni amerikalik Djordj Kram tasodifan o’ylab topgan. Zamonaviy pazandalikni ushbu gazaksiz tasavvur etib bo’lmaydi, ayniqsa norasmiy yig’ilishlarda. Shu bilan birga, uy sharoitida chipsi tayyorlash yetarlicha oson vazifa bo’lib, buni har bir kishi eplay oladi. Uni bir necha usulda pishirsa bo’ladi, quyida qanday qilib tayyorlanishi haqida batafsil.
Uy sharoitida qovurdoq chips tayyorlash retsepti
Kerakli masalliqlar:
- Bir nechta yirikroq kartoshka;
- O’simlik moyi;
- Tuz, ziravorlar.
Tayyorlash:
- Kartoshkaning po’stlog’i archiladi va yaxshilab yuviladi.
- So’ng u ingichka doirachalarga kesiladi, buni sabzavotlarni archish uchun maxsus pichoq bilan amalga oshirish osonroq. Hozircha doirachalar bitta-bitta olish uchun qulay bo’lgan holda likopchaga teriladi.
- Tubi chuqurroq tovaga 2-3 sm balandlikda o’simlik moyi quyiladi va yaxshilab qizdiriladi. Qizigan moyga kartoshka bir-biriga tegmaydigan qilib solinadi, aks holda ular yopishib, qarsildoq bo’lmay qolishi mumkin.
- Kartoshkalar tezda qizaradi, shu sababli tayyor bo’lganlarini darhol chiqarib olaverish kerak. So’ng ortiqcha yog’ oqib ketishi uchun alohida idishga solinadi.
- Yakunida kartoshkaning yog’ini batamom shimdirib olinish uchun u qog’oz salfetkalarga qo’yib olinadi, ta’bga qarab tuzlanadi.
Duxovkada kartoshkadan chips tayyorlash
Kerakli masalliqlar:
- 2 ta yirikroq kartoshka;
- O’simlik moyi;
- Tuz, murch.
Tayyorlanishi:
- Po’stlog’i archilgan va yuvilgan karoshka ingichka qilib kesiladi. Tayyor doirachalar idishga solinadi, tuz, biroz o’simlik moyi va murch sepiladi va ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi.
- Protivenga kartoshka plastinkalari bir-biriga tegmaydigan qilib teriladi va oldindan 180 °C gacha qizdirilgan pechga 10-15 daqiqaga qo’yiladi. Ularning kuyib ketmasligini nazorat qilib turish kerak.
- Pechdan chiqarib olgach, ortiqcha yog’i bo’lsa, qog’oz salfetka yordamida shimdirib olinadi. Chips tayyor!
Huddi yuqoridagi kabi usulda chipslarni mikroto’lqinli pechda ham tayyorlash mumkin. Buning uchun duxovka o’rniga ular 700-800 W quvvat bilan 3-5 daqiqa pishirib olinadi. So’ng, kartoshkalar teskari qilinadi va yana 2-3 daqiqa pishiriladi.
Tavsiyalar
Kartoshkaning o’zi yaxshi ta’mga ega, biroq, unga yana qo’shimcha ta’m berish uchun ziravorlar bilan tajriba qilib ko’rish mumkin. Ko’pchilik asosan kartoshkaga tuz bilan birga tayyor sarimsoq kukunidan ham qo’shadi. Quritilgan ko’katlar ham ushbu gazakka ajoyib ta’m ba’gishlaydi.
Agar kartoshka yetarlicha yupqa qilib kesilmasa, bu holda natijada chips emas, oddiy qovurdoq hosil bo’ladi. Ingichka qilib kesish chips tayyorlashning asosiy sirlaridan biri ekanligini unutmang. Dasturxonga achchiq yoki sarimsoqli sous, gazlangan ichimliklar bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Juda ham zõr ekan. Tashkilotchilarga katta kon rahmat
Juda yaxshi chiqdi. Raxmat. Omad hammaga.