Yarating, o'rganing, bilib oling

? Pazandalik sirlari — professionallardan 35+ tavsiyalar, layfxak va maslahatlar

? Pazandalik sirlari — professionallardan 35+ tavsiyalar, layfxak va maslahatlar

Har bir pazanda va oshpazning ishini yengillashtiradigan bir qator pazandalik sirlari mavjud. Ular kishining mehnati va vaqtini tejashda ajralmas yordamchi bo’ladi. Quyida professionallar sirlari haqida.

Pazandalik sirlari

  1. Qovurish vaqtida o’simlik moyi barcha tomonlarga sachrashini oldini olish uchun tovaning past qismiga biroz tuz seping.
  2. Tuxum qovurdoq baland va ishtaha ochar bo’lib pishishi uchun tuxumga 1-2 choy qoshiq sovuq suv qo’shib, yaxshilab aralashtirish kerak.
  3. Xamirga suvda eritilgan kartoshka kraxmalini qo’shing va undan tayyorlangan pishiriq yumshoq, havodor bo’ladi. Hatto keyingi kuni ham.

Odatda lavlagi qaynatilganda 3-3,5 soatda pishadi. Lekin tajribali oshpazlar buni boshqacha usulda amalga oshirishadi: 30 daqiqa qaynaganidan so’ng ular idishni olovdan olib, qaynoq suvni to’kib tashlashadi va lavlagili idishni iloji boricha sovuq bo’lgan suv oqimi ostiga qo’yishadi. 15 daqiqadan so’ng haroratning o’zgarishi tufayli lavlagi iste’molga tayyor bo’ladi. Bu ayniqsa vinegret salati tayyorlashda qo’l keladi.

Taomning ko’rinishi va ta’mini yaxshilash usullari

  1. Xamirturush o’rniga konyak qo’shish mumkin. Bu holda xamir xushbo’y, pishiriq esa lazzatli bo’ladi.
  2. Pishirish yoki qovurishda tillarang go’sh tillarang qobiqli bo’lishi uchun oldin uning ustiga asal surtish kerak.
  3. Tayyorlashdan oldin biroz shakar sepilsa, jigar yumshoq bo’lib pishadi.
  4. Qaynatish chog’ida tuxum yorilmasligi uchun oldin uni sovuq suvda yuvib tashlash kerak.
  5. Sabzi mazaliroq pishishishi uchun uni o’rtacha 5-10 daqiqa davomida qaynatib oling. Yakuniga kelib tuzlashni unutmang.
  6. Sabzavotlar mazali pishishi uchun ularni qaynab turgan suvga solish kerak. Agar sho’rvaning o’zi ustun taom bo’lsa, unda mahsulotlarni suv qaynamasidan oldin solish afzal.
  7. Oddiy sabzavotli salatani yanada mazali qilish uchun unga ozgina vanil qo’shing.

Guruch pishirishda

  • Guruch bo’tqa emas, guruch bo’lib pishishi uchun tayyorlashdan oldini 30 daqiqa sovuq suvda namlab olish kerak.
  • Ushbu mahsulot yumshoq bo’lib ketmasligi uchun, pishirishdan oldin uni biroz quruq tovada qovurib olish mumkin. Ammo shuni yodda tutingki, ikkinchi holda, uning hajmi sezilarli darajada oshishi ehtimoli bor.

Oshxonada qo’l keladigan tavsiyalar

  1. Sut yoki sutli bo’tqa toshib ketmasligi uchun idish ustidan yog’och qoshiq qo’yish mumkin.
  2. So’lib qolgan ko’katlarni «jonlantirish» uchun ularni ozroq sirka kislotasi qo’shilgan suvga solib qo’yish kifoya.
  3. Tuxum oqi uni dastlab sovutib olsa va bir necha tomchi limon sharbati yoki limon kislotasi qo’shilsa, tezroq ko’piradi. Sarig’i esa, aksincha, issiqlik va shakarni yaxshi ko’radi.
  4. Kartoshka bir-biriga yopishib qolmasligi va unda kraxmal kamroq bo’lishi uchun, qovurishdan oldin uni sovuq suvda yuvib, quriting, shundan keyingina yog’ga soling.
  5. Agar smetanaga qaynatilgan tuxumning sarig’i va bir choy qoshiq xantal qo’shilsa, u mayonezga aylanadi.
  6. Baliq qovurganda tovaga yopishmasligi uchun tovani emas, bevosita baliqning o’zini yog’lash kerak.
  7. Kesish vaqtida qaynatilgan tuxumlar uvalanib ketmasligi uchun pichoqni sovuq suvda namlab oling. Olivye salatini tayyorlaganlar bu muammo bilan yaqindan tanish.
  8. Sabzavotli salatni yanada to’yimli qilish uchun, unga ozroq qaynatilgan kartoshka qo’shing. Oshpazlar kartoshkani issiqligida kesishni tavsiya etishadi.
  9. Ovqat tayyorlash vaqtida piyozning yoqimsiz hidini bartaraf etish uchun qovurish jarayonida unga bir chimdim tuz septing va past haroratda qovuring.
  10. Asalni isitishning faqatgina bitta to’g’ri yo’li mavjud — asal solingan idishni issiq suvli idishga solish.
  11. Sarimsoqni po’stidan osongina ajratib olish uchun uni pichoqning qalin tomoni bilan biroz bosish kerak.
  12. Piyozning achchig’ini yo’qotish uchun uni idishga solib, ustidan qaynoq suv quyib olish kifoya. Bu usul mimoza salatini tayyorlashda qo’l keladi.
  13. Achitqi solinadigan xamirning masalliqlari iliq bo’lishi kerak, aks holda harorat yetishmasligi tufayli xamir ko’tarilmay qoladi. Ya’ni masalliqlarni birdan sovutgichdan olib emas, 30 daqiqa xona haroratida ushlab, keyin xamir uchun ishlatish kerak.
  14. Tovuq o’ta yog’li bo’lmasligi uchun uni pishgach bir muddat qog’oz sochiqqa o’rab qo’yish kerak. Shunda u siz xalos bo’lmoqchi bo’lgan yog’ni o’ziga shimib oladi.
    Tovuq pishirish retsepti→
  15. Tuxumning yangiligini tekshirish uchun idishga tuxumni ko’madigan qilib suv quying va unga tuxumni tushuring. Yangi tuxum suv tubiga cho’kadi, eskisi esa yuzaga suzib chiqadi yoki bir tomoni ko’tarilib qoladi.
  16. Mazali qiyma sirlaridan biri — unga qo’shimcha masalliqlar qo’shishda. Masalan kotetalar uchun qiymaga qirg’ichdan chiqarilgan sabzi yoki kartoshka qo’shish mumkin.
  17. Pishiriqlarning yuzasi ishtaha ochar qizarib pishishi uchun ularga tuxum sarig’i, sut yoki suvda eritilgan shakar surtish kifoya.
15
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.