Qiziquvchilar uchun eng qiziqarli savollar — javoblari bilan 12+ ma’lumot
Salom aziz o’quvchilar! «Qiziqarli savollar va ularning javoblari» — ushbu ma’lumot sizni qiziqtirishi turgan gap. Muvaffaqiyatli kishi, erishilgan natijada hech qachon to’xtab qolmaydi, ilmiy adabiyotlarni o’qishni davom ettiradi va hech qachon savol berishdan charchamaydi: nega? nima uchun?
Qiziqqonlik bizning hayotimizni yanada qiziqarli qiladi. Faqat: «Men hamma narsani bilaman», — demang. Bizning bilganlarimiz — ilm-fan va san’at ummonidagi suv tomchisidir. Har kuni o’zingizdan qiziq savollar so’rang va ularga huddi shundek qiziq javoblarni topasiz.
Maqolada:
Qiziqarli savollar (javoblari bilan)
Agar javobsiz savol so’rasangiz, unda qiziquvchan odam bir zumda uning javobini internet orqali topadi, bugungi kunda hech qanday muammo yo’q. Vaqtingizni javob izlashga sarflamaslik uchun qiziqarli savollar javoblari bilan birgalikda chop etiladi.
Savol № 1
Nima uchun Barselonadagi barcha taksilar qora va sariq rangda?
1926-yil, 7-iyun kuni Barselonadagi bo’sh bo’lgan taksi haydovchilari yerda yotgan bir odamning yonidan uni tilamchi deb o’ylab o’tib ketaverishardi, aslida esa uni tramvay bosib ketgandi. Hech bir haydovchi voqea sodir bo’lgan joydagi kishini shifoxonaga eltishga jur’at eta olmadi. Aftidan ma’lum, qari chol yo’l haqini to’lamashga qodir emas.
Yerda yotgan bu kishi Barselonaning faxri, buyuk me’mor Antonio Gaudi edi.
Aynan o’sha kunda Barselonada birinchi tramvay yura boshlagandi, uning g’ildiraklari ostiga esa Gaudi tushib qoldi. Keyinroq uni barselona tinchlik xizmati hodimlari qashshoqlar uchun shifoxonaga yetkazishgan.
Uch kun shahar ahli sillasi qurib, Gaudini qidirib topishga harakat qildi, ammo hech kim uni qashshoqlar uchun kasalxonadan izlashni hayoliga keltirmasdi. U o’sha kasalxonada 10-iyun kuni hushiga kelmagan holda vafot etdi. Gaudi mo’jizaviy ravishda noma’lum shaxslar uchun umumiy qabristonga ko’milmay qoldi. Uni Sagrada-Familia kappelani tanib qolgan.
Barselona shahar hokimligi taksi haydovchilariga buyuk Gaudi uchun butun umr motam tutish va insonning sharmandali befarqligi rangini taqib yurishni buyurdi.
Kataloniya ramziyatiga ko’ra, qora — motam, sariq — sharmandalik, uyat rangi. Shunday qilib, taksichilar Barselonada o’zlari bilan motam va sharmandalikni olib yurishadi.
Antonio Gaudi (1852-1926) o’zi qurgan shaharda vafot etdi. Gaudi bo’lmasa Barselona ham bo’lmas edi. U qurilishi uchun hayotining 40 yilini bag’ishlagan Sagrada-Familia ibodatxonasining kriptasida dafn etilgan.
Savol № 2
Nima uchun moviy rangli liboslar an’anaviy ravishda o’gil bolalar uchun, pushti rang esa qizlar uchun tanlanadi?
Qadim zamonlarda bolalar xonasida yovuz ruhlar uchib yuradi, biroq ba’zi ranglar ularni haydashga qodir ekanligiga ishonilgan. Moviy rang ular orasida eng samarali edi, ehtimol bu rang osmon va muqaddas ruh bilan o’xshatilishi tufaylidir.
O’g’il bolalar ota-onalarining eng qimmatbaho «tabiiy boyligi» hisoblanar ekan, moviy rangli liboslar arzon «sug’urta» turi edi.
Yovuz ruhlar qizlarga tegishmagan. Shuning uchun bir muncha vaqt ularning «o’z» rangi yo’q edi. Faqat qizlar pushti gullar ichida tug’iladi degan yevropacha afsonalarga ko’ra, qizlarda pushti rang bilan bo’gliqlik paydo bo’ldi. Aytgancha, o’sha afsonaga ko’ra, o’g’il bolalar moviy karamda tug’ilganlar.
Savol № 3
Nima uchun g’ovvoslar niqoblariga uni taqishdan oldin tupurishadi?
Darhaqiqat, bu sho’ng’ish marosimi. So’lak niqobning ichki yuzasida terlashni oldini oladi.
So’lak molekulalari huddi batareya kabi ikkita qutbga ega — musbat va manfiy. Ular boshqa molekulalarga, kondensatsiya yadrolariga tortiladi, natijada tomchilar shakllanadi.
Agar niqobning ichki yuzasiga so’lak yoyilsa, uning ichki yuzasida ko’p miqdordagi tekis taqsimlangan zaryadlar shakllanadi. Kondensatsiya yadrolari soni sezilarli darajada oshadi. Endida suv molekulalari bir-biriga tortilib, suv tomchilari shakllantirmaydi, balki ingichka bir tekis qatlam bo’la boshlaydi.
Bunday holatlarda yorug’lik buzilmaydi va niqob shaffof bo’lib qoladi.
Savol № 4
Nima uchun qabrning chuqurligi 2 metr bo’lishi kerak?
Qabrlar har doim ham chuqur bo’lmagan. Qabrlarni chuqurroq bo’lishida hal qiluvchi rolni o’rta asrlarda Yevropa aholisini bir necha bor larzaga solgan o’lat epidemiyasi o’ynadi. Deyarli hamma kasallangani bois, jasadlarni ko’mish uchun hech kim qolmagandi.
Ko’pincha murdalar umumiy chuqurlarga tashlanib, yuzaki qilib ko’milgan. Tuproqning eroziyasi tufayli yarim chirigan qoldiqlar yer ustiga chiqib qola boshlagan. O’lat tayoqchasi yana erkin bo’lib, yangi kasallanishlarni chaqira boshlagan.
Angliya birinchi bo’lib qabr kamida 2 metr chuqurlikda bo’lishini kerakligini talab etuvchi qonun kiritdi. Xristian odatlariga ko’ra tobutning o’rtacha balandligi 70 sm bo’lganida, ikkita tobut bitta qabrga qo’yilishi mumkin edi. Bu holda ustki tobutdan yer yuzasiga qadar yana 70 sm qolardi.
Bu yondashuv yer osti suvlari yoki tog’ jinslariga duch kelmaslik uchun ham oqilona yechim. Qabrlar orasidagi masofa — 1 metr. Darhaqiqat, islom dinida dafn etish bundan farq qilsa ham, qabr chuqurligi 190-200 sm bo’lishi ko’rsatiladi.
Savol № 5
Nima uchun Niderlandlar Gollandiya deb ataladi?
Mamlakatning rasmiy nomi — Gollandiya Qirolligi. «Gollandiya» so’zi ko’proq xaritashunoslar tomonidan qo’llaniladi, chunki xaritada cheklangan joyga bu yozuvni sig’dirish osonroq bo’ladi. «Nidernalndlar» so’zma-so’z tarjima qilinganda «past yerlar» degan ma’noni anglatadi. Mamlakat past botqoqlikda joylashgan bo’lib, yerlarining 40% dengiz sathidan pastda.
Lekin ikkinchi ism — «Gollandiya» qayerdan kelib chiqqan? Darhaqiqat, bu nom butun mamlakat emas, balki viloyatlardan biriga tegishli. XVI-XVII asrlarda bu viloyat sanoatning eng rivojlangan maydoni edi. Keyinchalik butun davlat shu viloyat bilan adashtirila boshladi. Xuddi, ilgari Sovet Ittifoqi ko’pincha Rossiya deb atalgani kabi.
Savol № 6
Nima uchun stol pichoqlari uchi yumaloq shaklga ega?
Aslida, XVII asrga qadar pichoq uchlari o’tkir edi. Voqea shunday sodir bo’lgandi: Rishelye ismli, oziq-ovqatni juda yaxshi tushunadigan va ta’bi nozik bo’lgan kishini, bir kuni mehmonlarning biri pichoqning uchi bilan tishini kavlagani ko’nglini behuzur qildi.
Ertasi kuni kardinal xizmatichga uydagi barcha pichoqlarning uchini yumaloq qilish topshirig’ini berdi. Keyinchalik bu moda butun Fransiyada, so’ngra boshqa mamlakatlarga tarqaldi.
Savol № 7
Koinot nimadan tashkil topgan?
Bu XXI asrda ochilishi kerak bo’lgan eng katta sirlardan biridir. Oddiy modda atomlardan iborat. Koinot, o’z navbatida, bir necha foizigina ushbu moddadan iborat.
Ko’pincha koinot sovuq qorong’u materiyadan iborat deyish qabul qilingan. Bunday sirli va g’ayrioddiy nom, astronomlarning u nima ekanligini bilmasliklari bilan izohlanadi.
Savol № 8
Nima uchun Vatikan shunday deb atagan?
Uning nomi lotinchadan tarijma qilinganda, «bashoratlar joyi» degan ma’noni beradi. U «Mons Vaticanus» nomli qir nomidan kelib chiqqan. Ushbu davlatning maydoni bor-yog’i 0.44 kv. km. ni tashkil etadi.
Savol № 9
Birmaning mahalliy aholisi cho’chqa yetishtirib, ularni Xitoyga sotadi va undan keyin ulardan cho’chqa sotib oladi. Nima uchun bunday ziyon keltiradigan amallar qiladilar?
Javob: Chunki buddizm ularni tirik jonzotni o’ldirishga taqiqlaydi.
Savol № 10
Nega amneziya (xotirani yo’qotish) ga duchor bo’lgan bemor gapirishni unutib qo’ymaydi?
Nutqning shakllanishi insonlarda 6 yoshgacha sodir bo’ladi. Shu sababli, bu qobiliyat shaxsiyatning yadrosi hisoblanadi va yaxshi himoyalanadi: unga javob beruvchi qism miyaning tepa bo’laginda chuqur joylashgan bo’ladi. Bundan tashqari, miya yarimsharlari jiddiy jarohatlarda bir-birining vazifasini «ko’chirishi» mumkin. Agar bir yarimshar shikastlansa, ikkinchisi hayotiy muhim funktsiyalarni bajarish, jumladan nutqni ham o’z zimmasiga oladi. Xotira esa miyaning eng yuza qismlarida joylashadi.
Savol № 11
Ikki o’lkaning — Singapur va Tunisning poytaxti qayer?
Javob: Singapur va Tunis (poytaxt va mamlakat bir xil nomga ega).
Savol № 12
Inson miyasiz yashay olishi mumkinmi?
Javob: Ha. Ba’zan miyasiz (asefaliya) o’lik tug’iladigan chaqaloqlar dunyoga kelishi qayd etiladi. Biroq, kamdan-kam hollarda asefaliyada bola tirik tug’ilishi ham uchrab turadi, lekin bunday bolalar eng ko’pi bilan 3 yil yashaydi.
Inson haqida ko’proq qiziqarli faktlar bilan tanishish uchun ushbu sahifaga o’tishingiz mumkin.
Sizda ham barchani hayratlantira oladigan qiziqari savollarga javob mavjudmi. Quyida uni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Bu albatta barchani qiziqtiradi!