Mantiqiy savollar (javoblari bilan) — barcha uchun mos 77+ savol to’plami
Quyida sizga mantiqiy savollar javoblari bilan havola etiladi. Savollar oson yoki qiyin, kulgili yoki o’ta o’ylantiruvchi bo’lishi mumkin. Savolning javobini ko’rish uchun «Javobini ko’rish» tugmasi ustiga bosish kerak. Javobini yashirish uchun shu tugmani yana bir marta bosish talab etiladi.
Savollar shu tarzda tuzilganki, ularni bolalar oldida ham ovoz chiqarib o’qish mumkin, bemaza va kattalar uchun mo’ljallangan mavzudagi savollar kiritilmagan. Oila davrasiga quvnoqlik bag’sh etadigan mantiqiy savollar to’plami bilan tanishishni boshlashingiz mumkin.
Maqolada:
Mantiqiy savollar va javoblar
Daraxtning shoxida qarg’a o’tiribdi. Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?
Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?
Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.
Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?
Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
Qiziqarli mantiqiy savollar (javoblari bilan)
Kishiga uch marta beriladi: birinchi ikki marta bepul, ammo uchinchi marta yoki undan keyin pul to’lash kerak bo’ladi. U nima?
Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?
Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?
Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi?
O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?
Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?
Kulguli va fikrlashni talab qiladigan mantiqiy savollar
Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.
Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?
U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?
Kim o’tirgan holda yuradi?
Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi
Mantiqiy savollar — mantiqiy javoblar
Men suvman va suv yuzasida suzib yuripman. Men kimman?
Nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turishning iloji yo’q, garchi u o’ta yengil bo’lsa ham
Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
yerlari bor — ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor — yulishni iloji yo’q,
dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
Uchta toshbaqa sudralib bormoqda.
1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda.
Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami qiymati 3 so’m. Lekin ularning biri 1 so’mlik tanga emas.
Tangalar necha so’mlik?
Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz?
Mantiqiy savol javob uchun savollar
Ular qanchalik ko’p bo’lsa, vazni shunchalik kamayib ketaveradi?
Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?
Stolning 4 ta burchagi bor. Shu burchaklardan birini kesib olib tashlasa, unda nechta burchak qoladi?
Mashxur sehrgar xonaning o’rtasiga shisha qo’yib, unga kira olishini aytdi. Bu qanday qilib mumkin?
Qiziqarli savollar
Stolda 70 dona oq qog’oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog’ozni sanash mumkin.
Bu holda 50 ta qog’oz sanab olish uchun nechi soniya vaqt ketadi?
Quyon o’rmondagi hayvonlarga shunday savol berdi: «Agar men ayiqdan og’irroq bo’lsam-u, lekin chumolidan yengilroq bo’lsam, oramizda kim eng yengil bo’ladi?». Javobini toping.
Meni hamma toptaydi, lekin men yanada yaxshiroq bo’lib boraman.
Mashina rulini o’ngga burganda uning qaysi g’ildiragi umuman burilmaydi.
Ko’rganda quvonamizu, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz
Nimani chap qo’l bilan ushlash mumkin, lekin o’ng qo’l bilan umuman ushlab bo’lmaydi?
A punktdan B punktga poezd yo’lga chiqdi. Unga tomon B punktdan A punktga ham harakatlana boshladi. Yo’l bir relsli, lekin poezdlar bir-biri bilan uchrashmadi. Savol: nega?
Stolda qalam, chizg’ich, sirkul va o’chirg’ich turibdi. Qog’ozga aylana shaklini chizish kerak bo’lsa, birinchi bo’lib nimani olish kerak?
Ikki ota va ikki farzand ketishayotgandi. Do’kondan uchta olma xarid qilishdi. Bo’lmadilar, kesmadilar, teng qilib bo’lib olishdi. Qanday qilib?
Nega odamlar orqaga burilib qarashadi?
Bir burchakdan qimirlamagan holda butun dunyoni kezadi
O’n metrlik narvondan sakrab tushib, hech bir jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
Yerdan turib, to’qqiz qavatli uydan balandroq sakrash mumkinmi?
O’rmonga qachongacha kirish mumkin?
Yomg’ir vaqtida qarg’a qanday daraxtga qo’nadi?
Yarimta olma nimaga o’xshab ketadi?
Ikki kun ketma-ket yomg’ir yog’ishi mumkinmi?
Yanada ko’proq qiziqarli savollar bilan tanishish uchun qiziqarli mantiqiy masalalar sahifasiga o’ting.
Zor savollar ekan yangilaridan koshilar yana
Savollar juda zor ekan shularni qanday qilib skachat qilib olish mumkin
Ha men ham shu gapga qoshilaman shu mantiqiy savollarni qanday skachat qilib olsa bo’ladi.iloji bolsa javob berilar
ha menga ham juda yoqdi yanada koproq shunday skachatlar tashenglar…….
Juda zo’r
Savollar juda zo’r. Gap yo’q
«A» harfi bo’lsa kerak. H[a]ft[a] — 2, oy va yil — 0.
savollar gap yoq qoyil
Savollarga gap yoq javobini bilib bolmayabdi nmaga
Juda Juda Juda gap yo Savollarga???????
Juda yaxshi. informatika faniga oid mantiqiy masalalardan ham joylashtirilsa yanada yahshi bo’lar edi
Undan ham qiyinroqlari bormi
Qiynalib qomesimi?
E bundan zuri buasa kerak!!!!!!!!!!……
Savolar zor topish qiyin javobi esa odiy
sowollarga gap yok juda yahsi hammasi
Zõr ekan raxmat yoqdi
Gap yoq juda mazza qildim
zor yana qoyinglar gap yoq
Juda zo’r ekan
eng zo’rlari
Nimani ko’tarish oson lekin uzoqqa otish qiyin
Qush patini — yengil bo’lgani bilan uzoqqa uchmaydi
Menimca war Yani pufak boʻlsa kk
KO’PROQ SAVOLLAR JOYLANG ADMIN
juda zo’r savollar
Diqqat savol:
Ikkisi yo’q bir
Uchi yo’q ikki
To’rti yo’q uch
Beshi yo’q to’rt
Oltisi yo’q besh
Yettisi yo’q olti
Sakkizi yo’q yetti
To’qizi yo’q sakkiz
O’ni yo’q to’qqiz
O’n biri yo’q o’n
O’n ikkisi yo’q o’n bir
O’n uchi yuq o’n ikki
javobini ayting
Blmadm endi nima ekan
zo’r ekan mantiqiy savollari omad
Alloh
Yer va osmon
4 yoq3 ni eslomadim
4 fasl
5 vaqt names
7yoq 6 ni ham
7 mojiza yoki 7 olam
12 oy xullas shunaqa edi
Zoʻr ekan qoyil ishlari ha omad
Geografiya faniga oidroq ko’proq mantiqiy savollar yoqmi manga juda ham zarur edi bo’lsa telegramdan guruh ochib yuborin kim boshlu bolsa.iltimosde
hamma savollari zor ekan men ham prezident maktabiga topshiraman albatta
10 kishidan 1 kishi topishi mumkin bo’lgan topishmoq.
Dengiz qirg’og’ida bir tosh bor edi. Toshga 8 harfdan iborat so’z yozilgan. Boylar bu so’zni o’qigach, ular yig’lashdi, kambag’allar esa xursand bo’lishdi va sevishganlar ajralib ketishdi.
Qiziq, bu qanday so’z edi?
Shu savolni javobini biladiganla bormi bo‘lsa emailga yoki 93 951 01 27 raqamiga yuboringlar
Vaqtincha
juda oson savollar
Menda ham bitta savol bor edi javobni kimdir biladimi—
Doskada 2ta savol javobi bitta??
zo`r ekan savollar
Hammasi oʻtkinchi degqn gap
juda zo’r
bo’lmaydi ekan
H qiyinro savolla joylawtirila