Qiziqarli topishmoqlar (javoblari bilan) — kattalar va bolalar uchun 20 savol
Qiziqarli topishmoqlar bolalar va kattalarda e’tibor, noodatiy fikrlashni yaxshilaydi, dunyoqarashni kengaytiradi, kayfiyatni ko’taradi. Savollarning ba’zilari chuqur o’ylantirib qo’yadi, ba’zilari esa kuldiradi. Quyida sizga javoblari bilan eng sara 20 ta topishmoq havola etiladi.
Qiziqarli topishmoqlar
Tuyaqush o’zini qush deb ayta olishi mumkinmi?
3 ta archa o’sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi?
Uch odam ketmoqda: 2 ota va 2 o’g’il. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
Stol ustida chizg’ich, qalam, sirkul va o’chirg’ich turibdi. Varaqda aylana shaklini chizish kerak. Birinchi bo’lib nimani olasiz?
Bir inson samolyotdan parashyutsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Buni qanday izohlash mumkin?
Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
Bola choynak va uning qopqog’i uchun 11 so’m pul to’ladi. Choynakning narxi qopqog’iga qaraganda 10 so’m qimmat. Qopqoqning narxi necha pul?
Hech narsa yozmang va kalkulyatordan foydalanmang. 1000 ni oling. Unga 40 ni qo’shing. Natijaga yana mingni qo’shing. So’ng 30 ni qo’shing. Yana mingni qo’shing. Endi natijaga 20 ni qo’shing. Oxirgi marta mingni qo’shing. So’ng 10 ni qo’shing. Javob nechi bo’ldi.
Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi:
— Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi.
Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: «Azizam, senga nima bo’ldi, nega?», — deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: «Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili», — deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?
Boy va kambag’alning uyi yonma-yon joylashgan. Bir kuni ikkalasi ham alanga olib, yona boshladi. O’z vaqtida yetib kelgan militsiya qay biridagi yong’inni birinchi bo’lib o’chirishga kirishadi?
Qaysi oddiy odam oldida hatto podshoh ham bosh kiyimini yechadi?
Avtobusda 20 ta yo’lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda avtobusdan 2 kishi tushib, 3 kishi chiqdi, keyingisida — 5 kishi tushib, 2 kishi chiqdi, keyingisida 2 kishi tushib, 1 kishi chiqdi, navbatdagi bekatda esa 9 kishi tushib, hech kim chiqmadi, keyingi bekatda yana 2 kishi tushdi. Savol: jami bo’lib nechta bekat sanaldi?
Bir kunda bitta tug’ruqxonada ikki o’g’il farzand dunyoga keldi. Ularning ota-onalari bitta ko’p qavatli uyda yashashardi. Ikkita bola bitta bog’chaga, bitta maktabga borishdi, bir sinfda o’qishdi. Lekin hech qachon bir-birini ko’rmadi. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
Xomligida iste’mol qilinamaydi, qaynatilgach esa tashlab yuboriladi. U nima?
Qalamni xonadagi yerning shunday joyiga qo’yish mumkinki, uning ustidan hech kim sakrab o’ta olmaydi. Bu qanday joy?
Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin — ushbu ro’yxatda kim «ortiqcha»?
U odam mutlaq sog’lom, nogiron emas, tirik. Lekin uni shifoxonadan qo’lda ko’tarib olib chiqishmoqda va bu odatiy hol sanaladi. Nima sababdan?
Bir kuni ertalab bir erkak ishga ketish uchun chiqib, o’z avtomashinasi g’ildiraklaridan birining dami chiqib ketganligini sezib qoldi. Shunga qaramay, u o’sha mashinaga o’tirib, bemalol ishga ketdi, hech bir muammolarsiz ishdan qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?
Yanada ko’proq qiziqarli savollar→
Salom. Men bir topishmoq eshitib qoldim. Shuni javobi kerak. Agar bilsangiz yordam berib yuborsangiz.
Bir odam birovdan 1000 so’m qarz oladi. Uni yo’qotib qo’yadi. Keyin boshqa odamidan 500 so’m qarz oladi. 500 so’mdan 200 so’miga suv ichadi. Qolgan 300 so’mni birinchi olgan odamga beradi. Undan 700 so’m qarzi qoladi. Hamma qarz hisoblansa 1200 qoladi. Jami 1500 qarz edi. Ketgan xarajatlarni hisoblasak 100 so’m kam chiqyabdi. 100 so’m qayga ketyabdi.
100so’m o’zida qolyapti shuning uchun
Ishlatil magana pul 1300 som qovoti
har doim bunday masalalarning javobida qancadir miqdorda pul otrib qoladi. Buni szga oddiy tushuntraman. Qo’lingizning barmoqlari bilan 10dan pastga qarab sanang : 1-10 2-9 3-8 4-7 5-6. mana sizga yaqqol misol bu bitta qo’lingizning barmogining soni endi bunga ikkinchi qolingizning 5ta barmogini qowsangiz 11 ciqyapti. Bu shunchasi shalkash yo’l javob har doim hato ciqadi.
Osha ming sumni u kishi yoqotib qoygan shuning uchun ming sum kam chiqyapti
u suv olib ichganda 1300 so’m qarzi qoladi. 300 so’m qarzini berganda 1000 so’m qarzi qoladi. u hali 200 so’mga olib ichgan suvning pulini bergani yo’q. shuning uchun ham umumiy qarzi 1200 so’m. 300 so’mni esa qutulib bo’lgan
Менга жуда йокди
Яккайу ягона икки дугона 5та укувчи 30та тикувчи нима бу топишворизлар
Yakka yagona bu Xudo ikki dugona yer va osmon 5 ta o’quvchi 5 mahal namoz 30 ta to’quvchi bu 30 kun ramazon
Xasanboy aka yakka yagona bu xudo, ikki dugona bu tun kun, 5 ta oʻquvchi bu nomoz , 30 kun roʻza .
Menda ham bir topishmoq bor. Javobini topolmadim, yordam kerak.
Topishmoq.
5 ta harfdan iborat so’z…
Agar 5 harf bilan aytilsa unda hamma narsa bor.
Joninggizdan boshqa.
Agar bosh harfini olib tashlansa, u gapda hammaning yuragi yaralanadi.
2 ta harfni olib tashlansa, birovni sog’inasiz.
3 ta harfni olib tashlansa, hammani yuzi yerga qaraydi.
Javobi nima.
Bozor ozor zor or bõladi
1 labaratoriyada ishlaydigan olim xalatini kiysa 1 osatda tajribani bo’ladi.Yechin ishlasa 60 sekuntda bo’ladi.Shuni sababini ayting
Uzi 1 ta kuzi 1 taTagida 2 ta osilchog’i bor Bu
Men bir topishmoq eshitdim uning javobini acting. Juda aniq òylov always quvvat oxirgi harf ketsa xamrli ovqat tezkari òqilsa birinchi bòg’in bu sòzning manosi Lutufat.? Javobini ayting