Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda mushuk ko’rsa — tashlansa, tishlasa, mushuk bolalari ko’rish ta’biri

Tushda mushuk ko’rsa — tashlansa, tishlasa, mushuk bolalari ko’rish ta’biri

Mushuklar uy hayvonlari va ko’pchilik ularni xush ko’rishiga qaramasdan, tushga mushuk kirsa — bu aldov, xiyonat va sotqinlik belgisidir. Agar bu hayvonni ko’rsangiz, atrofingizdagilarga hushyor bo’ling. Ehtimol, o’zini sizning do’stingiz qilib ko’rsatayotgan odam yaqinda sizning obro’ingizga putur yetkazish uchun asl qiyofasini namoyish etadi.

Tushda mushuk ko’rish: Svetkov tush ta’biri bo’yicha

Tushda mushuk ko’rsa — ko’z yoshlar to’kilishi, xiyonatdan darak; qora mushuk — ochiq dushman; oq kushuk — xoin do’st, kichik o’g’rilik qilish; tirnasa  — kasallik; mushkni silash — shaxsiy hayotda xatolarga yo’l qo’yish; mushukka ovqat berish, uni boqish — sotqinlik jabrlanuvchisi bo’lish.

Tushda mushuk ko’rilsa: Nostradamus tush kitobida

Mushuk — yovuz kuchlar, jodugarlar, uydagi shinamlik, muqaddas narsalar, omad belgilari hisoblanadi. Uyning ostonasida sherdek keladigan kattallikdagi mushuk yotganini ko’rish — bu tush farovonlik hayvonlarga nisbatan o’ylangan siyosatga bog’liq ekanligini anglatadi. Ko’zlari qizil bo’lgan qora mushukni ko’rish — bu tush qon to’kilishiga olib keladigan yovuz niyatlarni ko’rsatadi.

Tushda mushuk ko’rsa: Ayurveda tush kitobi bo’yicha

Bu yomon tush. U xiyonat va firibgarlik haqida ogohlantiradi. Agar siz tushda mushukni o’ldiradigan bo’lsangiz, demak, yaqinda siz dushmaningizni kimligini bilib olasiz. Mushuk tinrasa yoki tishlasa, dushmanlaringiz zarba berishga tayyor ekanligidandir.

Tushga mushuk bolasi kirishi: Miller tush ta’biri

Ayol kishi tushda ajib, paxmoq oq mushukcha ko’rsa — bu juda ayyorlik bilan uning uchun tayyorlangan tuzoqqa tushishi mumkinligidan darak beradi, lekin ayolning teran fikrlashi va mantiqiy o’ylashi uni bu balodan qutqarib qolishi mumkin. Agar mushuk bolalari kir va ozg’in bo’lsa, ayol birovning yomon niyati tufayli katta yutuqlarga erishaman deb ko’zlari ko’r bo’lib, ularning qurboniga aylanadi.

Mushukchalar — sizni ta’qib qilayotgan kichik muammo va tashvishlar ramzidir, agar siz ularni haydab yuborgan bo’lsangiz, demak muammolar sizni tark etadi. Mushuk o’ldirsa ham tashvish va muammolar bartaraf bo’lishidan. Shuningdek, mushuk bolasi ko’rsa  — bu yoqimsiz kutilmagan hodisalardan ham darak bo’lishi mumkin.

Mushuklarning miyovlashi va ovoz chiqarishi — soxta do’stlaringiz sizga ziyon yetkazish uchun qo’lidan kelgan barcha narsani qilmoqdaligidan. Tushda mushuk tashlansa — bu yaqin orada sizda dushmanlar paydo bo’lishi mumkinligidan.

Tushda mushuk: Vanga ta’biri bo’yicha

Vangaga ko’ra, mushuklar istiqbol, mustaqillik, erkinlik va kuch ramzidir. Mushukning to’qqizta joni bor degan gap mavjudligi bu yangi hayot kutilishidan darak ekanligidan hamdir. Mushuk homilador bo’lsa, atrofingizda ayyorlik va fitnalik aylanib yurganligidan.

89
Loading...

Qoldirilgan fikrlar

  • Tushlarimga ko’pincha mushuk, mushuk bolalari kiryotgan edi, ta’birini hech o’qib ko’rmagan ekanman, ammo yaqin insonim arosat yo’lda meni tashlab ketdi, demak xiyonatdan darak bergan ekanda.??

  • Мен мушук боласини курдим билмасдан қулим билан босиб олдим у мижғиланиб қолди нимадан дарак у, ранги оқ қора эди.

  • Assalomu aleykum yaxshimisiz Man tushimda uyimizga mehmonla kegan ekan man nomoz o‘qimoqchi bo‘bman kotta jaynomozda keyin boshqa xolat paydo bo‘ldi man ko‘p dona oq tuxum pishgan singan tuxum bn o‘zimga dam sovotgan emishman yani kinna qivotgan ekanman. Yonimda notanish qizla bor edi. Birdan usha qizni orqasidan kotta anakonda ilon ko‘rib qoldim biz tomonga qarab tururdi biz qochishga tayyorlanvotudik ilon sekin kevotganida mushuk paydo bo‘lib ilonga tashlanib qoldi o‘zi kichkina oq qora rangli mushuk edi. Ilon man tomonga yugurib kevotganida man qo‘rquvdan uygonib kettim.
    Tushimni tabiri nima bo‘lishi mumkin xammasini bitta bitta tabirini ko‘rdim lekin mano to‘gri kemayopti. To‘liq talqin qilib berolismi judaxam bilgim kevoti javob kutaman oldindan raxmat.!

  • Meni uzi bitta mushugim bor uni juda yaxshi kuraman har doim yonimda olib yotaman tushimda uxlayotgan joyimda bir notanish mushuk tug’ganini kurdim u 3ta bola tug’di biri juda kichkina judayam 2 si esa 2boshli 3 si yaxshi sog’lom tug’ildi ajablanarlisi shunda-ki juda kichkina tug’ilgan mushuk uzimni itim yeb quydi men uni juda qutqarishga xarakat qilganligimni achinib yig’laganligimni kurdim bu tushimning ma’nosi nima juda qiziqyabman

  • Assalomu alaykum, tushimda jigarrang sifat sariq chiziqchalari hamma tanasida bor mushukni sotib olmoqchi bo’lib uni qo’limga olmoqchi bo’lganimda qochib ketibdi qandaydir tor xona edi. Mushuk egasi ayol kishi edi. Tush ta’birini aytib bering iltimos.

  • Allohim mushuk kurish yomon ekan. Men bugun mushuk kurgandim meni tirnadi yuzimdan bu kasallik yoke dushmanim yaqinda kimligini bilar ekanman.Sochim kop tukilishi sabab duxtirga analiz topshirgan edim saraton alomatlari deyishgandi, dekabrda yana aniqini bilish uchun duxtirga boraman, bu tushdi kurib tugrisi qurqdim juda

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.