Yarating, o'rganing, bilib oling

Balish tayyorlash retsepti — bosqichlari + batafsil FOTO, tavsiyalar

Balish tayyorlash retsepti — bosqichlari + batafsil FOTO, tavsiyalar

Balish — tatar oshxonasining eng muhim xamirli ovqatlaridan biri desak xato bo’lmaydi. Shirinmi yoki yo’q, ushbu taom birinchi marta tatib ko’rilgandanoq tilda erib ketadi. Tatar milliy taomi bo’lmish balish retsepti yetarlicha oddiy bo’lib, uni deyarli har bir xonadonda topiladigan kartoshka va go’sht mahsulotlaridan pishirish mumkin. Tayyorlash anchagina vaqt olgani bilan siz kutgandan ham ajoyib natija beradi.

Retsept

Tayyorlash vaqti: 2,5 soat | Portsiyalar soni: 8-10

Kerakli masalliqlar:

  • Un — 750 g;
  • Tuxum — 1 dona;
  • Smetana — 250 g;
  • Qatiq — 0,5 stakan;
  • Sariyog’ — 150 g;
  • O’simlik moyi — 20 ml;
  • Tuz — 0,5 choy qoshiq;
  • Iste’mol sodasi — 1 choy qoshiq;
  • Go’sht — 1,5 kg;
  • Kartoshka — 1,5 kg;
  • Piyoz — 2 dona;
  • Qalampir — ta’bga ko’ra;
  • Bulyon — 1 stakan.

Tayyorlanishi

  1. Avvalo xamir qorib olish kerak. Chuqurroq idishga tuxum va tuz solib, urib aralashtirib oling. So’ng ustidan smetana, qatiq, ezilgan soda, o’simlik moyi va sariyog’ qo’shing. Aralashgach, un solib, xamir qoring.
  2. Tayyor xamirni darhol suratdagi kabi teng bo’lmagan 4 qismga bo’lib oling.
    Balish xamiri
  3. Bo’laklarning eng kattasi pirogning asosi bo’ladi. Asos bo’lakni yoyib, issiqa chidamli formaga joylashtiring.
  4. Go’sht (qo’y yoki mol go’shti) va kartoshkani kubik shaklida to’g’rab oling. Ularni aralashtiring, ta’bga ko’ra tuz va qalampir qo’shing. Tayyor bo’lgan aralashmani xamir ichiga soling.
    Balish nachinkasi
  5. Xamirning ikkinchi qismini yoyib, asosning ustidan yoping. Chetlarini mahkam birlashtirib chiqing. Keyingi qadam — bezatish bosqichi.
    Xamir chetlarini birlashtirish bosqichi
  6. Pirog markazda kichik teshik hosil qilib, unga «qopqoq» yasab o’rnating.
    Xamir markazida teshik hosil qilish
  7. Ozroq sariyog’ni eritib, pirogni yog’lab oling. So’ng +180 °C haroratgacha oldindan qizdirib olingan pechda 90 daqiqa davomida pishiring.Xamir uchun qopqoq yasash
  8. Pirogni pechdan oling, ustidan 1 stakan bulyon quyib, yana pechga 45-60 daqiqa davomida pishirishga qo’ying.
    Balishga bulyon solish
  9. Tayyor bo’lgan balishni choy va smetana bilan dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

13
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.