Qatiqli yumshoq pryanik tayyorlash retsepti — boshqichma-bosqich
Pryanik — uzoq vaqt davomida mashhur bo’lgan rus shirinligi. Ular nafaqat bayramlarda dasturxonga tortiq qilish, balki tug’ilgan kun, to’ylar uchun sovg’a, shuningdek yangil yil archasini bezatish uchun ham tayyorlangan. Prayniklar Pryaniklar turlicha bo’ladi — zuvalali, bosma va kesma. Keling, qatiq asosida uy sharoitida pryanik pishirishni ko’rib chiqaylik.
Pryanik tayyorlash retsepti
Kerakli masalliqlar:
- Qatiq — 1 stakan (2oo ml);
- Shakar — 2 stakan (400 g);
- Tuxum — 3 dona;
- Asal — 1 osh qoshiq;
- O’simlik moyi — 3 osh qoshiq;
- Un — 4 stakan (520 g);
- Iste’mol sodasi — 1 choy qoshiq;
- Shakar upasi — 6 osh qoshiq.
Tayyorlash bosqichlari:
- Barcha masalliqlarni tayyorlab oling. Ishni shakarni tuxum oqlari bilan urib aralashtirishdan boshlash kerak (1 ta tuxum oqini glazur uchun olib qo’ying). Asal qo’shing va aralashtiring.
- So’ng, aralashmaga ilitilgan qatiq va o’simlik moyi qo’shing va aralashtirishda davom eting.
- Yaxshilab elangan un va soda qo’shib, xamir tayyorlang.
- Stol ustiga un sepib, xamir zuvalasini barmoq qalinligida (1 sm — 1,5 sm) qilib yoying.
- Stakan, bankaning og’zi yoki tayyor shaklchalar yordamida yoyilgan xamirdan bo’lajak pryaniklarni kesib oling.
- Pishirish uchun idishga pergament qog’oz qo’yib, uni yog’lang yoki biroz un seping. Pryaniklarni zich qilmagan holda terib, +180 °C haroratgacha oldindan qizdirib olingan pechda 30 daqiqa davomida pishiring.
- Ayni paytda, glazurni tayyorlash kerak. Olib qo’yilgan bitta tuxum oqini asta-sekin aralashtirgan holda ko’pirtirib oling.
- 30 daqiqadan so’ng, pryaniklarni pechdan chiqarib oling, ustidan yaxshilab glazur surtib, yana 10 daqiqaga pechga qo’ying.
- Tayyor bo’lgan pishiriqni sovutishga qoldiring. Dasturxonga choy, qahva yoki qatiq bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha.
Rossiyada birinchi pryanik IX asrda paydo bo’lgan va unining nomi tarjima qilinganda «asal non» bo’lgan. U javdari un, asal va meva sharbatlari qo’shib tayyorlangan. Pryanik kerakli sariq rangga ega bo’lishi uchun xamirga biroz kuydirilgan shakar qo’shilgan. Sibirda esa pushti rangli pryaniklar mashhur, ularda xamirga quritilgan klyukva yoki malina qo’shiladi.
Pryanikka siz ta’bga qarab maydalangan yong’oq, mayiz va shokoladli rang berish uchun kakao kukunini qo’shishingiz mumkin. Shuningdek, pryanikni shokoladli glazur bilan qoplashingiz ham mumkin.
Saytdagi bu bu sahifa menga juda manzur böldi! Har xil turdagi ovqat va pishiriqlar qisqa va tushunarli! Va shunga qöshimcha har bir bosqichni rasmlari bilan keltirilganda yanayam nur ustiga a’lo nur bölardi.
Juda zõr retseplar tayorlab kõraman. Raxmat
?