Shokolad tayyorlash retsepti — sut va kakaodan oddiy shirinlik
Aslida uy sharoitida haqiqiy shokolad tayyorlash oson vazifa emas. Axir, shokoladning muhim tarkibiy qismi bo’lgan kakao yog’ini har…

O’zbekcha qozon-kabob nima? Qirsillovchi qobiq hosil qilguncha qovurilgan go’sht va o’simlik moyi va go’sht yog’ida tillarang tusga kirguncha qovurilgan kichikroq kartoshka. Go’sht esa oldindan quruq yoki nordon marinadda marinadlangan. Uchta qozon-kabob tayyorlash turi farqlanadi: qo’y, parranda (asosan tovuq) va mol go’shtidan. O’rtacha kattalikdagi tovuq bo’laklari qizib turgan yog’da 20-25 daqiqa, shu kattalikdagi qo’y qovurg’alari 25-35 daqiqa, mol go’shti esa yana biroz ko’proq qovuriladi. Go’sht suvli bo’lib pishishi sirlari ham mavjud. Agar faqat go’sht sirti qizartirib pishirilsa, albatta, bunda suvlilikka erishish mumkin, lekin go’shtga kartoshka solinganida, go’sht suvi bilan aralashib, uning ko’rinishi buziladi. Go’sht tayyor bo’lgunicha qovurilsa, bunday holatning oldini olish mumkin, lekin uning yumshoqligi yo’qoladi. Xo’sh, mazali qozon kabob qanday tayyorlanadi? Buning uchun shunchaki go’sht biroz dimlanadi. Va, bu holda, qovurishning an’anaviy tartibini buzish ham mumkin.
Tayyorgarlik vaqti: 6 soat | Tayyorlanish vaqti: 30-35 daqiqa
Go’shtni katta bo’laklarga kesib oling, 2 osh qoshiq ziravorlar arlashmasini qo’shing va aralashtiring.
Piyozni yarim halqa qilib, pomidorni — ingichka doira shaklida kesib oling. Piyoz, pomidor va go’shtni aralashtirib, 5-6 soat davomida sovutgichga qo’ying. Ingichka qilib kesilgan limon qo’shish ham mumkin.
Kartoshkani tozalang, kattaroqlarini ikki bo’lakka bo’ling. Qo’y yog’ini kubiklarga bo’lib oling. Qozonda yoki boshqa osti qalin bo’lgan kattaroq idishda o’simlik moyini qizdirib, so’ng yo’gni soling va jizzasi qolguncha eritib oling. Jizzasini ajrating.
Kartoshkani qozonga soling. Doimiy aralashtirish kerak emas, faqatgina vaqti-vaqti bilan pastki tomonini yuqoriga ko’tarib qo’yish kifoya. Kartoshka yorqin tillarang tusga kirgunicha qovuring. So’ng kartoshkani qozondan boshqa idishga joylashtiring. Kartoshkadan oqadigan yog’ning bir qismini qozonga qaytarib soling.
Go’sht bo’laklarini qozonga soling, baland olovda jigarrang tusga kirgunicha qovuring. Buning uchun go’sht avval suvini ajratishni boshlashini kutish kerak, suvi bug’lanib ketgachgina go’sht qovurila boshlaydi.
Go’sht jigarrang tusga kirganda, oz miqdorda suv quying (u go’shtni qoplamasligi kerak). Qopqoqni yoping va go’shtni past haroratda 20 daqiqaga dimlanishga qoldiring.
Qozon qopqog’ini oching va qolgan suvni bug’lantirib yuboring. So’ng kartoshkani solib, tuz seping. Qolgan ziravorlarni qo’shib aralashtiring, yopiq qopqoq ostida 10 daqiqaga dimlab qo’ying.
Kesilgan shivit va kashnich sepib, keng idishda dasturxonga torting.
Aslida uy sharoitida haqiqiy shokolad tayyorlash oson vazifa emas. Axir, shokoladning muhim tarkibiy qismi bo’lgan kakao yog’ini har…
«Mimoza» salati — pazandalik klassikasi sanaladi. Maydalangan tuxum sarig’i bilan bezatilgan ushbu salat gullarni eslatib, dasturxonga bayramona qiyofa…
Keks deb biskvitli yoki xamirturushli xamiridan tayyorlangan shirin qandolat pishirig’iga ataladi. Kekslar tayyorlash usui qadimgi Rimda ham ma’lum…
Tort kremi uchun retseptlar orasida qaymoq asosida tayyorlanadigan shanti kremi (chantilly cream) yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Krem yengil…
«Mujskoy kapriz» — ko’pchilik eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida turli go’shtlar mavjudligi sababli, erkaklar ko’proq uni xush…
Ingichka biskvitdan tayyorlangan rulet dasturxoningizni ajib tarzda bezatadi va mehmonlarni quvontiradi. Rulet tayyorlash juda oson, biroq ko’pchilik bekalar…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.