Yarating, o'rganing, bilib oling

Vafli tayyorlash retsepti — bosqichlari, tavsiyalar, 2 xil usuli

Vafli tayyorlash retsepti — bosqichlari, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu retsept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin.

Vaflya tayyorlashda uning qanday bo’lishi margarinning qo’shilishiga bog’liq. Agar xamirga biroz yumshagan margarin qo’shilsa, pishiriq juda qarsildoq va nozik bo’ladi. Agar u zichroq bo’lishini istasangiz, u holda margarinni to’liq eritib qo’shish lozim (mos ravishda un ham biroz ko’proq qo’shiladi). Ikkala holatda ham pishiriqning mazasi bir xil chiqadi.

Vafli tayyorlash retsepti

Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 10

Kerakli masalliqlar:

1 stakan — 250 ml

  • Un — 1 stakan
  • Shakar — 1 stakan
  • Qaymoqli margarin — 200 g
  • Vanilin — 1 g
  • Yirikroq tuxum — 4 ta

Tayyorlanishi

  1. Tuxum shakar va vanillin bilan hajmi 2-3 barobarga ko’payguncha va rangi biroz ochlashguncha urib ko’pirtiriladi. Ko’pchilikka shakarni miqdori ko’p ko’rinishi mumkin, lekin uning miqdorini kamaytirmang, aks holda natija ushbu retseptdagidek bo’lmaydi. Vanillin o’rniga qirg’ichdan chiqarilgan limonli yoki apelsin po’stini qo’shish ham mumkin.
  2. Aralashmaga xona haroratida yumshatilgan margarin qo’shiladi. Bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.
  3. Endigi navbatda asta-sekin elagan holda un qo’shiladi va mikserning eng past tezligida aralashtiriladi. Xamirning quyuqligi qaymoqdek bo’lishi kerak. Agar xamir eritilgan margarin qo’shib tayyorlanadigan bo’lsa, bu holda 1,5 stakan un qo’shiladi.
    Vafli xamiri
  4. Birinchi vaflini pishirishdan oldin, qurilmaning yoxud tovaning sirti yog’lab olinadi. Bir solganda bir osh qoshiq xamir quyiladi. Vafli esa qurilmaning ko’rsatmalariga binoan pishiriladi. Agar pishiriq yopishib qolaversa, biroz un sepib olish kifoya.
    Vafli pishirish
  5. Vaflyalar pishgach, ularni issiqligidayoq darhol trubochka yoki konus qilib o’rash kerak. Pishiriqning egiluvchanligi har soniyada kamayib borishini yodda tuting. Dasturxonga choy yoki qahva bilan tortiq qilinadi. Yoqimli ishtaha!

Vafli uzoq vaqt qarsildoq holda saqlanishi uchun, sovigach, uni germetik idishga solib, quruq joyda saqlash lozim.

23
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.