Yarating, o'rganing, bilib oling

Soch to’kilishini oldini olish — usullari, sochlarni saqlab qolish uchun tavsiyalar

Soch to’kilishini oldini olish — usullari, sochlarni saqlab qolish uchun tavsiyalar

Soch follikulasi — dinamik tuzilma bo’lib, tashqi muhit o’zgarishiga juda sezgir sanaladi. Soch follikulining har bir sikli tezligi gormonlar, oziqa moddalar, toksinlar, biologik faol molekulalar kabi ko’plab omillarga bog’liq. Soch to’kilishi ko’pincha ularning hayotiy sikli buzilishi bilan bog’liq. Bu buzilishlar tashqi yoki irsiy omillar bilan bog’liq.

Shuni tushunish kerakki, irsiy (genetik) kelib chiqishli soch to’kilishi (androgenetik alopetsiyani) oldini olish usullari mavjud emas.

Tashqi omillar tomonidan chaqirilganlarini esa oldini olish mumkin va bu davolashdan ko’ra ancha kamroq mehnat talab etadi. Aksariyat odamlar esa sezilarli miqdorda soch to’kilishiga duch kelishgandagina profilaktika haqida o’ylay boshlashadi.

Soch to’kilishi tabiiy jarayondir. Har kuni kishi 60-100 tola soch yo’qotadi. Odatda, yangi o’sib chiqqan va to’kilgan sochlarning soni bir xil darajada bo’ladi, biroq ma’lum sharoitlarda uning to’kiladigan ulushi ortib ketadi.

Soch to’kilishini oldini olish tamoyillari

Teri, tirnoq va sochning holati tananing ichki holatini aks ettiradi, shuning uchun sochlar to’kilganda ushbu jarayonning birlamchi sababini bartaraf etish kerak.

Soch to’kilishini oldini olishning asosi — umumiy salomatlikni qo’llab-quvvatlash va ovqatlanishni me’yorlashtirishga qaratilgan. Sog’lom turmush tarzi bunga yaqindan ko’maklashadi. Bundan tashqari, quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish kerak:

  • Oqsillar is’temol qilish. Soch oqsildan tashkil topganligi sababli, kundalik ratsionda ular yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilish kerak. Hayvon mahsulotlari kiritilmagan parhezlar, kam miqdorda kaloriya iste’mol qilish, oshqozon-ichak trakti kasalliklari bu holatni yanada og’irlashtiradi.
  • Vitamin va mikroelementlar. Temir, kalsiy, rux va B vitamini sochlarning o’sishiga ijobiy ta’sir qilibgina qolmay, ularning to’kilishini oldini olishda ham muhim rol o’ynaydi. To’g’ri ovqatlanish va dietolog tavsiyalariga amal qilish eng oddiy profilaktik choralardir.
  • Tezda vazn tashlamaslik. Qat’iy parhezlar va tezda vazn tashlash bo’linayotgan soch follikullariga shok sifatida ta’sir ko’rsatishi, natijada soch tolalarining o’sishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
  • Bosh terisi gigienasi. Ahamiyati yuqoridagilardan kam bo’lmagan yana bir yondashuv. Boshning sochli qismida yog’ning ortiqchaligi achitqi zamburug’larining ko’payishiga sharoit yaratadi. Ular o’z navbatida yog’larni yog’ kislotalarigacha parchalab, shu tariqa bosh terisiga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi. Bunda tez-tez yuvish ham, uzoq vaqt yuvmaslik ham salbiy ta’sirga ega.

Hamrohlik qiluvchi omillarni ham inobatga olish kerak. Bu tamoyil ko’pincha bemorlar tomonidan bee’tibor qoldiriladi. Sochga shikast yetkazuvchi ta’sir ko’rsatadigan omillardan qochish kerak. Sochni me’yordan ortiq tortib o’rish bu turdagi turmakni uzoq muddat saqlash ularning o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Har qanday kimyoviy agentlar salbiy ta’sirga ega. Qo’pol artish va tarash, fen bilan tez-tez quritish ham nam sochlarni jarohatlaydi va mavjud soch tolalarining to’kilishi va sinib qolishiga olib keladi. Bu omillarning ta’sirini minimal darajagacha cheklash kerak.

Bundan tashqari, muammo avj olib bo’lgan bo’lsa, soch o’stirish usullari bilan tanishish ham mumkin.

28
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.