Tushda zilzila bo‘lishi – tush ta’biri va talqini
Tushda yerning tebranishi, zilzila ro‘y berishi – hayotiy o‘zgarishlar, kutilmagan yangiliklar, eski odatlarning o‘zgarishi va ichki beqarorlikning ramziy…

Ayol kishi tushda homiladorligini ko’rsa, bu turmush o’rtog’i bilan baxtli bo’lmasligi ehtimolini anglatadi. Bokira qiz uchun bunday tush boshqalar oldida izza bo’lishi mumkinligidan ogohlantirishdir. Agar ayol chindan ham homilador bo’lsa, unda bunday tush uning farzandi muvaffaqqiyatli tarzda dunyoga kelishi va tug’ruqlardan so’ng tezda tiklanib olishini va’da qiladi. Umuman olganda, homiladorlik — hayotda qiziqarli burilishlar sodir bo’lishi mumkinligidan so’zlaydi.
Homiladorlik kishining tushlariga ikki asosiy yo’l bilan kiradi. Birinchisi, homiladorlik davrida kishi o’zi haqida tush ko’rishi, ikkinchisi — haqiqiy homiladorlik «turtki bo’luvchi hodisa» bo’lishi va uning o’ziga xos mazmuni mavjudligi.
Tushda har qanday inson homilador bo’lishi mumkin: bu imkoniyat jins yoki yosh chegaralari bilan cheklanmaydi. Umuman olganda, homiladorlik ijodkorlik, jinsiy yetuklik yoki boylikning ramzi bo’lib xizmat qiladi, ammo qo’shimcha talqinni talab qiladigan ko’plab vaziyatlar mavjud.
Agar tush ko’urvhi homilador bo’lishni orzu qiladigan va ayni paytda homilador bo’lishni rejalashtirmayotgan yosh ayol bo’lsa, bunday tush yaqin orada ayolning dunyoqarashi o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi.
Agar ayol jinsiy hayot kechirsa, lekin homilador bo’lish niyatida bo’lmasa, bunday tush menstrual siklning uyg’un davom etishi bo’lishi mumkin. Ko’pincha bunday tushdan so’ng shubhalar uyg’ona boshlaydi.
Erkak kishi tushda o’zini homilador ekanligini ko’rishi — hozirda u jinsiy muammolarga duch kelganligi yoki nasl qoldirish shubhali bo’lganida kuzatiladi. Bunday shubha hozirda erkak o’zining qobiliyatlaridan xohlaganidek darajada qoniqmasligi natijasida uyg’onadi. Tush esa o’ziga xos kompensatsiya bo’lib, shaxsning boshqa qirralari ham mavjudligiga ishora bo’ladi.
Chaqaloq — umid, kelajak ramzidir. Agar ayol kishi tushida homiladorligini ko’radigan bo’lsa, demak haqiqiy hayotda bu voqea o’zini uzoq kutdirmaydi. Erkak kishi uchun bunday tushlar uning farzandli bo’lish istagini aks ettiradi.
Tug’ilish — dunyodagi barcha madaniyatlarda ritual ahamiyatga ega bo’lgan muqaddas voqeadir. Tushda bunday voqelikka boshqa narsalar ham ishora qilishi mumkin. Eng ahamiyatlilari bu suv va ummondir. Masalan, o’zlarining yoki boshqa kimningdir homiladorligi haqida taxmin qiladigan ko’plab ayollar tushiga suv kiradi.
Ayurveda tush kitobida agar turmushga chiqmagan qiz bola tuqqanini ko’rsa, bu qiz atrofdagilar nazarida axloqsiz ko’rinishini anglatishi mumkin. Turmushga chiqqan homilador ayol chaqaloq ko’rsa, uchun bunday tush baxtiyor kunlarni va’da qiladi.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, ayol kishi o‘zini homilador ko‘rishi – uning mol-dunyosi, ne’matlari va ro‘zg‘or to‘kinligining ortishi, ezgu orzularning ro‘yobga chiqishiga tayyorgarlik timsolidir. Bu tush hayotda yangi, barakali va sermahsul bosqich boshlanishidan xabar beradi.
Tushda yerning tebranishi, zilzila ro‘y berishi – hayotiy o‘zgarishlar, kutilmagan yangiliklar, eski odatlarning o‘zgarishi va ichki beqarorlikning ramziy…
Tushda qabr ko’rish, uni qazish — o’z aybiga ko’r biron narsadan mahrum bo’lish. Qabr ochiq bo’lsa — noxush…
Tushda lo’li ko’rish muhim sayohat yoki rahbariyatdan ahamiyatli taklif olishni va’da qiladi. Biroq, lo’lilardan biron narsa sotib olish…
Mushuklar uy hayvonlari va ko’pchilik ularni xush ko’rishiga qaramasdan, tushga mushuk kirsa — bu aldov, xiyonat va sotqinlik…
Tushda mashina ko’rish turli narsalarni bildirishi mumkin. Oq mashina — kuchli tashvish alomati. Yorqin rangli transport vositalari —…
Uy — insonning boshpanasi, himoyasi, oila jam bo’ladigan muqaddas joy. Tushda uy ko’rish o’ngda kishining tinchligi, xotirjamligida o’z…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.