Tushda qon ko’rish ta’biri — ma’nosi, odam tushida qon ko’rsa nima bo’ladi?
Tushda qon ko’rish kamdan-kam holatlarda ijobiy ramzni anglatadi, ehtimol, gohida kimdandir g’azablanish bilan bog’liq holatlardan tashqari hollarda. Bu…

Tushda oq ot minish — bu ajoyib belgi. Bu birinchi navbatda do’stona rishtalarning mustahkamligi va do’stlar bilan uchrashish natijasida quvonchi lahzalarni va’da qiladi. Agar ot kirligini ko’rsangiz, unda siz ishonadigan kishilar tomonidan aldanish va hasadga duchor bo’lishingiz mumkin. Tushda qora otda ketayotganlikni ko’rish — ishlaringiz uoq vaqt davomida yurishgan bo’ladi va kutilmaganda o’z bilganlaringiz foydasiz va keraksiz ekanligini kashf etasiz.
Umuman olganda, tushda chiroyli otlarni ko’rish muvaffaqiyat va farovonlik, hurmat-izzatga erishishni va’da qiladi. Agar shaffof daryo uzra otda yurib o’tishni ko’rsa — baxt nishonasidir, ammo suv loyqa va qora bo’lsa, bu xursandchilikka emas. Tushda yaralangan yoki o’lgan ot ko’rish — qayg’uli xabarlar eshitishga. Otdan yiqilib tushish — taqdir sizni dushmanlaringiz oldida sinab ko’radi yoki kasal bo’lib qolasiz. Tushda ot tozalash — orzularga erishish yo’lida ko’plab qiyinchiliklarni yengib o’tishingiz kerakligidan.
Ayol kishi sevgan yori ortidan otda kelayotganini ko’rsa — uning oshiqlari ko’payishidan darak. Agar ayol kishi tushda otga minsa-yu, undan qo’rqsa — bu yaqin kishisi rashk qilishi va tashvishlardan gapiradi. Tushda osmondan ot tushsa va begona odam qiyofasiga kirsa va sizga allanima otadigan bo’lsa — bu jiddiy omadsizlik, vaziyatni nazorat qila olmaslikdan darak. Tush vaqtida ot sotib olish va sotuvchi sizni aldamoqchiligini sezish — yo’qtishlarga, ammo kishi o’zi ot sotsa va zotdorini o’ziga olib qo’ysa — katta omadga.
Ot ikkilangan ma’noni anglatishi mumkin. Oq, sarg’ish va malla rangli otlar Quyosh elementi sifatida, qora ranglisi Oy elementi sifatida mos ravishda hayot va o’limni anglatishi mumkin. Ot shuningdek aql, bilim, nur, kuch, tez fikr yuritish va vaqt o’tishi ramzi ham hisoblanadi.
Tushda ot sotuvchisini ko’rish — moddiy foyda ko’rishdan darak. Tushda otga minib, tor yo’lak bo’ylab adir yoki toqqa ko’tarilish — o’ngda o’ta mustahkam hayotiy o’ringa ega bo’lishdan. Tog’dan pastga tushish — muvaffaqqiyatsizliklarga.
Toychoq ko’rish — taqdir (barchasi taqdirdan ekanligidan). Agar ona tushida toychoq ko’rsa — o’g’il farzand ko’rishidan. Toychoqning qochib ketishi — ajralish, yo’qotish.
Tushda otxona ko’rish — omad va muvaffaqqiyat belgisidir. Agar otxona yonayotgan bo’lsa, bu baxtli o’zgarishlar alomatidir.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, asil tulpor ot – yuksak shon-sharaf, viqor, jamiyatdagi mustahkam mavqe va saxovatli sodiq do‘st ramzidir. Yuvosh va baquvvat otga minish – insonning o‘z maqsadlariga sharaf va izzat bilan erishishi hamda barcha to‘siqlarni oson yengib o‘tishiga dalolat qiladi.
Tushda qon ko’rish kamdan-kam holatlarda ijobiy ramzni anglatadi, ehtimol, gohida kimdandir g’azablanish bilan bog’liq holatlardan tashqari hollarda. Bu…
Tush ta’biri kitobida tushda to’y ko’rsa — qayg’u, o’lim; to’yda o’ynash, raqsga tushish — qarama-qarshi jins vakili bilan…
Tushda suv ko’rish Ayurveda tush kitobida tug’ilish belgisi sifatida talqin qilinadi, ammo suv qanday bo’lgani, qay holatda ko’rilganiga…
Tushda chayon ko’rish ta’biri — bu hasharot sizga zarar yetkazish uchun hech bir imkoniyatni qo’ldan boy bermaydigan soxta…
Tushda tilla ko’rish ko’pincha muhim o’zgarishlar oldida turganlar odamlarda kuzatiladi. Bunday tush uni ko’rgan kishi to’g’ri yo’lda ekanligi…
Zigmund Freydning tush kitobiga ko’ra, tushda stol ustida yotgan pichoqni ko’rish — yangi tanishlari orttirishdan qo’rqish deya talqin…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.